Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

,
mashinasozlik,
 
neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, 
energetika, to‘qimachilik, gaz, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan 
ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 1996- yil 19- mayda Andijon viloyatining Asaka shahrida ochilgan 
mamlakatimizdagi birinchi avtomobil zavodi “Nexia”, “Tiko” rusumli yengil 
avtomobillar hamda “Damas” rusumli kichik avtobusdan yiliga 200 ming dona 
avtomashina chiqara boshlagan edi. Hozirgi kunda AQSHning “General Motors” 
kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlik tufayli “Matiz”, Lacetti”, “Orlando”,
“Malibu”, “Cobalt” va “Spark” rusumli jahon standartlariga to‘la javob beradigan 
avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa “Isuzu” rusumli o‘rta 
hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda "MAN" rusumli yirik tonnali 
yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda 
mashinasozlik sanoati yildan yilga rivojlanib, jahon andozalariga moslashib
yuksalib borayotganidan dalolat beradi.


99
99
98
Bilasizmi?
Dunyo xaritasiga yaxshilab e’tibor bersangiz, respublikamiz dengizga 
chiqish imkoniyatlari jihatidan noqulay geografik makonda joylashgan. Dengizga 
chiqishimiz uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o‘tishimiz kerak. Bu 
iqtisodiyotimiz oldida qanday qiyinchiliklarni tug‘diradi?
Hozirgi kunda respublika energetikasining umumiy quvvati 11 ming kilovattdan 
ortiq bo‘lgan 27 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari yiliga 50,1 milliard 
kilovatt-soat elektr quvvati ishlab chiqarish imkoniyatiga egadir.
Qishloq xo‘jaligi.
O‘zbekiston aholisining 60 % dan ortig‘i qishloqlarda istiqomat 
qiladi. Shu sabab, iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bo‘lakcha. 
Mamlakat YaIM ining 28 %i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Paxtachilik qishloq 
xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
55 %i dehqonchilikda, 45 %i chorvachilikda yaratiladi.
O‘zbekiston paxta tolasini ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo‘yicha 
dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biridir. Respublikada g‘alla mustaqilligiga asos 
yaratilgan. Oxirgi paytlarda yiliga 7 million tonna atrofida g‘alla yetishtirilmoqda. 
Respublika meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, pilla, qo rako‘l teri, jun yetishtirishda 
MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining Yetakchi tarmoqlarini aytib bering.
2. Mustaqillik yillarida bunyod etilgan ishlab chiqarish korxonalari haqida nimalar 
bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanganlik darajasiga ko‘ra qanday 
davlatlar qatoriga kiradi?
4. O‘zbekiston Respublikasi aholisining mehnat unumdorligini topish uchun 
qanday kattaliklar kerak bo‘ladi?
5. Respublikamiz aholisining mehnat unumdorligi qaysi yillarda eng yuqori 
bo‘lgan? Fikringizni dalillar bilan asoslang.
6. Respublikamiz iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarini bitta rivojlangan davlat bilan va 
bitta MDH mamlakati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro taqqoslang.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin