BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Mashq Oila yillik xarajatlarining 60 %ini tashkil qiluvchi oziq-ovqatlar narxi yil
davomida 80 %ga oshdi. Agar boshqa xarajatlar narxi o‘zgarmagan bo‘lsa, bu
oila uchun yillik inflatsiya darajasi necha foizni tashkil qiladi?
Inflatsiya – mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borishi.
Inflatsiya darajasi – ma’lum davrdagi narx-navo oshishining foizlardagi
miqdori.
Giperinflatsiya – mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan tashqari
(yiliga 50 baravardan ham ko‘p) oshish jarayoni.
INFLATSIYA OQIBATLARI 23- MAVZU INFLATSIYA DARAJALARI Inflatsiya darajasi ma’lum davrdagi narx-navo oshishining foizlardagi miqdori
bilan o‘lchanadi. Yillik inflatsiya darajasi 20% ga teng degan jumla yil davomida
iste’mol tovarlari narxlari o‘rtacha 20% ga oshganligini bildiradi.
Yuqori darajali inflatsiya iqtisodiyot uchun juda noxush hodisa bo‘lib, u
mamlakatning barcha fuqarolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu davrda davlat
0 %
20 %
1995
2000
2002
2005
2008
2009
2011
40 %
60 %
80 %
98,2 %
28,2 %
21,6 %
7,8 %
7,8 %
7,4 %
7,6 %
100 %
Mamlakatdagi yillik inflatsiya darajasi
Asqar Bobonazarov 1000000
so‘m mablag‘ini 24% yillik foiz
stavkasi bilan bankka qo‘ydi.
Nilufar Ergasheva 1000000
so‘m mablag‘iga qimmatbaho zeb-
ziynat sotib oldi.
Oxunjon Soliyev 1000000 so‘m
mablag‘iga g‘isht zavodining oddiy
aksiyalarini sotib oldi.
Egamberdi Esonov 1000000 so‘m
mablag‘iga qadri barqaror bo‘lgan
xorijiy davlat valutasini sotib oldi.
1. Diagrammadan mamlakatda 2002- yildagi inflatsiya darajasini aniqlang.
2. Bu davrda yuqorida atalgan fuqarolarning har biriga inflatsiya qanday ta’sir
qilgan? 2009- yilda-chi?
3. Ulardan qaysi biri inflatsiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan?
4. Ulardan qaysi birining tutgan yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
5. Umuman olganda, yuqori darajadagi inflatsiya sharoitida qanday yo‘l tutgan
ma’qul? O‘z tavsiyalaringiz ro‘yxatini tuzing va sharhlang.
6. Respublikamizda so‘nggi yillarda kuzatilgan inflatsiya darajalarini sharhlang.