Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

102
103
103
8. Mamlakatda real YaMM 2,5% ga 
oshdi. Mamlakat aholisi esa 10 
milliondan 10,5 millionga ko‘paydi. 
Bu davrda ...
A) aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
real YaMM ko‘paydi;
B) aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
real YaMM kamaydi;
D) aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
real YaMM o‘zgarmaydi;
E) aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
nominal YaMM kamaydi.
9. Mamlakat aholisining bir yillik 
jami ish haqi, foiz, renta kabi 
barcha daromadlari va korxonalar 
foydasining yalpi yig‘indisi qanday 
nom bilan ataladi? 
A) Yalpi milliy mahsulot;
B) Milliy daromad;
D) Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
yalpi ichki mahsulot;
E) Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
yalpi milliy mahsulot.
10. Quyidagi ko‘rsatkichlarning qaysi 
biri yalpi ichki mahsulotni ifodalaydi? 
A) Mamlakat hududida bir yil 
mobaynida ishlab chiqarilgan, 
pirovard ko‘rinishdagi tovar va 
xizmatlarning bozor narxlaridagi 
umumiy qiymati;
B) Yil davomida mamlakat fuqaro-
lari tomonidan (yer yuzining 
qayerida bo‘lishidan qat’iy 
nazar) yaratilgan jami tovar va 
xizmatlarning bozor narxlaridagi 
umumiy qiymati;
D) YaMM va amortizatsiya ajrat-
masining ayirmasi;
E) Mamlakat aholisining bir yillik 
jami ish haqi, foiz, renta kabi 
barcha daromadlari va korxona-
lar foydasining yalpi yig‘indisi.
11. Quyidagilarning qaysi biri YaMM 
tarkibiga kiritiladi? 
A) Uy bekasining oiladagi xizmati;
B) Qo‘shnidan sotib olingan eski 
avtomobil bahosi;
D) Kitob do‘konidan sotib olingan 
yangi darslik;
E) Mamlakat fuqarosining chet elda 
ishlab topgan puli.
12. Noto‘g‘ri jumlani toping. 
A) YaIMning real qiymati nominal 
qiymatidan katta bo‘lishi mum-
kin;
B) YaIMning real qiymati nominal 
qiymatidan kichik bo‘lishi mum-
kin;
D) YaIMning real qiymati nominal 
qiymatiga teng bo‘lishi mumkin;
E) YaIMning real qiymati nominal 
qiymatiga teng bo‘la olmaydi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin