Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

24- MAVZU
ISHCHI KUCHI BOZORI VA ISHSIZLIK
1. Bu kasb egalari oylik ish haqi miqdorini taxminan belgilang va ularni kamayish 
tartibida joylashtirib chiqing.
2. Nima sababdan bu kasb egalarining oylik maoshlari miqdori turlicha? 
3. Sizningcha, oylik maoshlar miqdoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Yana qanday kasb va hunar egalarini taniysiz?
5. Ularni kim va qanday tartibda ishga yollaydi?
Bank xodimi
Ilmiy xodim
Sartarosh
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ishchi kuchi taklifi 
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha 
ishchi o‘z ishchi kuchini sotishga rozi ekanligini anglatadi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda 
qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan sotib olinishini 
bildiradi.
ISH HAQI VA UNING MIQDORI
Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan o‘lchanadi.
Tabiiyki, ishchi kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, bunday mehnat bilan 
shug‘ullanishni istaydigan ishchilar soni shuncha kam bo‘ladi va aksincha, 
ISHSIZLIK
 Ishchi kuchiga 
bo‘lgan talab va
taklif 
p
S
D
q
Oylik ish haqi
Ishchilar soni
3000
350000
3500
2500
400000
24.1- chizma.
ishchi kuchining narxi qancha qimmat bo‘lsa, bunday 
mehnat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar soni shuncha 
ko‘p bo‘ladi. Buni grafikda ifodalasak, 24.1- chizmadagi 
kabi 
S
chiziqni hosil qilamiz. Bu grafik ishchi kuchining 
taklif chizig‘i deb ataladi. Ikkinchi tomondan, ishchi 
kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, korxonalar shuncha 
ko‘p ishchi yollashadi va aksincha, ishchi kuchining narxi 
qancha qimmat bo‘lsa, korxonalar shuncha kam ishchini 
ishga yollashadi. Buni ham grafik yordamida ifodalasak, 
24.1- chizmadagi kabi ishchi kuchiga bo‘lgan talab chizig‘i 
deb ataladigan 
D
chiziqni hosil qilamiz. Boshqa tovarlar 
bozorida bo‘lganidek, ishchi kuchining bozor narxi, unga 
bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchi 
kuchiga bo‘lgan talabning taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi 
narxi, uning bozor narxini belgilaydi. 24.1- chizmada 
tasvirlangan ishchi kuchining narxi 350 000 so‘mni, bunday 
oylik ish haqiga rozi bo‘lgan ishchilar soni 3 000 kishini 
tashkil qiladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin