Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi


Elektr toki ishlab chiqarishdagi o’ta xavfli omillardan bittasidir. Elektr tokining xavfli omil sifatida 5 ta o’ziga xos xususiyati mavjud



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü20,68 Kb.
#208575
1   2   3   4   5   6
Ishlab-chiqarishda-elektr-xavfsizligi.

Elektr toki ishlab chiqarishdagi o’ta xavfli omillardan bittasidir. Elektr tokining xavfli omil sifatida 5 ta o’ziga xos xususiyati mavjud:

  • Elektr toki ishlab chiqarishdagi o’ta xavfli omillardan bittasidir. Elektr tokining xavfli omil sifatida 5 ta o’ziga xos xususiyati mavjud:
  • elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi tashqi belgilarining yo’qligi, ya’ni inson elektr toki xavfini oldindan ko’zi bilan ko’ra olmaydi, quloqi bilan eshitmaydi va na hid bilish organlari bilan seza oladi;
  • elektr toki bilan jarohatlanish oqibatining og’irligi: elektr tokidan jarohatlanish natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotishning uzoq muddatli bo’lishi, jarohatlanishlarda o’lim hodisasi chastotasining nisbatan yuqoriligi, jarohatlanish sodir bo’lgan birinchi kunlardagi ishchining o’zini yaxshi sezishiga qaramasdan, tok ta’sirida uning organizmida boshlangan qaytarib bo’lmas patologik buzilishlar asta-sekin rivolanishi natijasida uning bir necha oydan keyin ham ish qobiliyatini yo’qotishi yoki umuman halok bo’lishi;
  • insonning o’tkazgichga tok ta’sirida “yopishib qolish” holatining yuzaga kelishi: sanoat chastotasidagi, kuchi 15...25 mA bo’lgan tok ta’sirida inson muskullarida jadal titrash va tortilib qolish holati sodir bo’ladi, buning natijasida u o’zini mustaqil ravishda tok ta’siridan qutqara olmaydi;
  • tok ta’siri oqibatida inson tomonidan mexanik jarohat olish ehtimolining mavjudligi: tok ta’sirida inson tanasi muskullarining beixtiyor talvasali ravishda qisqarishi natijasida mexanik jarohatlanishlar yuz beradi. Bunda terida yorilishlar, qon tomirlarida va nerv tolalarida uzilishlar, suyak chiqishlari va sinishlari sodir bo’ladi. Undan tashqari ishchi balandlikda ishlayotganda tok ta’siriga tushsa, hushini yo’qotadi va yiqilib tushishi natijasida mexanik jarohat ham olishi mumkin.

elektroftalmiya: elektr yoyida hosil bo’ladigan kuchli ultrabinafsha nurlarining ta’sirida inson ko’zi to’qimalarining shikastlanishi.

  • elektroftalmiya: elektr yoyida hosil bo’ladigan kuchli ultrabinafsha nurlarining ta’sirida inson ko’zi to’qimalarining shikastlanishi.
  • Elektr tokining xavfli omil sifatida tirik to’qimalarga (organizmga) ta’sir qilishining ham, boshqa xavfli omillarga o’xshamagan, o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Elektr toki tirik organizmga quyidagicha ta’sirlar ko’rsatadi:
  • tokning termik ta’siri: bu ta’sir organizmdagi qon tomirlari, nerv tizimining, yurak, miya va boshqa ichki organlarning qizishi, kuyishi va ulardagi katta darajadagi funksional buzilishlar sodir bo’lishi bilan xarakterlanadi;
  • tokning elektrolitik ta’siri: bu ta’sir organizmdagi qon va boshqa organik suyuqliklarning, hamda to’qimalarning parchalanishi va tarkibining buzilishiga olib keladi;
  • tokning biologik ta’siri: tokning bu ta’siri asosan sog’lom organizmga xos bo’lgan bioelektr jarayonlarni izdan chiqarishi bilan xarakterlanadi, bu bioelektr jarayonlar organizmning hayotiy funksiyalari bilan yaqindan bog’langandir, masalan, tashqi tok ta’sirida organizmdagi biotoklar oqishining buzilishi natijasida to’qimalarni va muskullarni boshqarish izdan chiqadi, ixtiyorsiz titrash va qisqarishlar yuz beradi.
  • Elektr tokining inson organizmiga xilma – xil ta’sirini shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: elektr jarohatlanishlar va elektr toki zarbasi (tok urishi). Ko’p holatlarda bu ikki turdagi elektr tokidan shikastlanishlar birgalikda sodir bo’ladi. Ishlab chiqarishda ular o’rtasidagi nisbat (foiz hisobida) quyidagichadir:
  • 19 % - elektr jarohatlanishlar;
  • 26 % - tok urishi;
  • 55 % - aralash shikastlanish.

Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin