R - baholar darajasi, aniqro`gi, ishlab chiqarish natural hajmi har bir birligining
sotiladigan o`rtacha bahosi;
Q - ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning natural hajmi.
MV - jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib olishga xaridorlar xarajatlarining
umumiy sarfi bo`lsa, RQ esa ushbu boyliklarni sotgan sotuvchilarning umumiy daromadini
bildiradi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy
xarajatlar bo`lsa, u holda u nominal SMM (sof milliy mahsulot)ga teng bo`lishi kerak, ya`ni
SMM = R x Q
1
.
Shuning uchun monetarchilar pul massasi o`sish ta`sir sohasini obligatsiyalar xarid
qilish va undan so`ng foiz stavkasini pasaytirish bilan cheklab qo`yish o`rniga pul
taklifining kengayishi ham real, ham moliyaviy aktivlarning barcha turlariga, shuningdek,
ishlab chiqarishning joriy hajmiga bo`lgan talabni oshiradi, deb hisoblaydilar. Demak, M
ning ortishi yoki R ning, yoki = ning, yoki bo`lmasa biror nisbatda ham R, ham = ning
ortishiga olib keladi; M ning kamayishi esa teskari natijani beradi.
M. Fridman ushbu qoidani asoslash uchun quyidagi formulani taklif qiladi:
Dostları ilə paylaş: