5.
Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini
o`zgartirish, har bir kishiga o`z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash
imkonini berish”
1
.
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy-yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustuvorligini ta`minlash;
- o`tish davrida davlatning bosh islohotchi bo`lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining
ta`minlanishi;
- bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabridagi qo`shma majlisidagi ma`ruzasida “Biz islohotlarni
inqilobiy usulda, ya`ni “shok terapiyasi” yo`li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib,
tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday o`gir oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun
hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda”
1
, - degan.
Mamlakatni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash bosqichida milliy
davlatchilikni shakllantirish respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo`ldi.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi,
milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik
institutlari faoliyati yo`lga qo`yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o`tkazish jarayoni
amalga oshirildi
2
.
Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xo`jaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz
iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq
xo`jaligi ekinlari tarkibi o`zgartirildi. Mamlakatda `galla mustaqilligiga erishildi. Buning
natijasida O`zbekiston o`zining `gallaga bo`lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qo`shni MDH
mamlakatlariga, Af`goniston, Eron kabi davlatlarga `galla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda yangi neft -gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan,
xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi
natijasida neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990 yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Respublika
energetika mustaqilligiga erishdi.
Dostları ilə paylaş: