O`tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta`minlangan
qatlamlarini ijtimoiy
himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko`rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan
yo`l davom ettirildi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlab o`tganidek, mazkur bosqichda «erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal
qilishning asosiy shartidir»
1
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko`zda
tutdi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish
jarayonini izchillik bilan
o`tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini
shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb
etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni
ta`minlash;
- yurtimizda transport kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish;
- soliq yukini kamaytirish, faol investitsiya, faol eksport siyosatini yuritish;
- aholi turmush darajasini oshirish, avvalo, qishloq joylarda kishilarning turmush sharoitini izchil
yaxshilash;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o`rin egallashiga
erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish
va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning
jahon iqtisodiy tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan
tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan
iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor
infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya
qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga
oshirish eng asosiy vazifamiz
2
.
Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va
jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha mutlaqo
yangicha yondoshuv hamda tamoyillar ishlab chiqishdan iborat
3
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning mamlakatda olib borilayotgan
barcha islohotlar to‘g‘ririsida shunday fikr bildiradilar “Islohot –islohot uchun emas inson
manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak” demak yurtimizda olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy islohotlarning barchasi insonlar uchun insonning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8-ж -Т.: Ўзбекистон, 2000,
15-бет.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон
республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон
республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston
respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon
qilindi.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda, yurtumizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib,
har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
1-yo‘nalish: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
2-yo‘nalish: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
3-yo‘nalish: Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
4-yo‘nalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirish
5-yo‘nalish:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
Dostları ilə paylaş: