keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan,
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar
vujudga keldi.
Tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarishni markazlashtirilgan
tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan boshqarishning iqtisodiy mexanizmalariga o`tish
masalasiga jiddiy e`tibor qaratildi.
Boshqaruv sohasidagi o`zgarishlar natijasida ko`plab boshqaruv organlari bo``ginlarining
vazifasi o`zgardi, ba`zi o`zini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi organlar tuzildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov murakkab o`tish davrida qabul qilingan qonunlarning
amalda bajarilishini ta`minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo`lgan ijro hokimiyatining samarali
tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etar ekan, – “Shu
maqsadda tub ma`muriy islohotlar amalga oshirildi: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash
tizimining tayanchlari bo`lgan Davlat plan komiteti, Davlat ta`minot komiteti, Davlat narx
komiteti, Davlat agrosanoat komiteti va ko`plab tarmoq vazirliklari tugatildi, mahalliy hokimiyat
organlari qayta tashkil qilindi – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy etildi.
Mahalliy o`zini o`zi boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va
mustahkamlashga alohida e`tibor qaratildi”
1
, - deb ta`kidladi.
O`zini oqlamagan Davlat reja qo`mitasi o`rniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika
qo`mitasi tuzildi. Mazkur Qo`mita 1997 yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga
aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi.
Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo`mitasi batamom tugatildi.
Yakkahokim bo`lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta`minot qo`mitasi va uning vorisi –
“O`zshartnomasavdo” o`rniga yangi bozor strukturasi – Respublika ulgurji va birja savdosi
aktsiyadorlik uyushmasi tuzildi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida va bozor munosabatlarini boshqarishda moliya-kredit
tizimi muhim o`rinni egallaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida, respublika Moliya vazirligi va
Markaziy bankning vazifalari qayta ko`rib chiqildi. Ularning yangi bo``ginlari tuzildi.
Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish uchun Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona
qo`mitasi tuzildi.
Respublikamizda mavjud boshqaruv organlarining nafaqat faoliyati, balki ularning vazifalari
ham yangi jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko`rib chiqildi hamda o`zgartirildi.
Tashkil etilgan yangi ijro organlari tizimi rejalash – taqsimlash vazifalaridan xoli bo`lib, iqtisodiy
siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasini bajarmoqda.
Institutsional o`zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos
keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan,
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar
vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: