Asosiy tushuncha va atamalar
Mulk, davlat mulki, munitsipal mulk, davlat tadbirkorligi, davlat mulkining iqtisodiyotni
tartibga solinishiga ta`siri, davlat tadbirkorligining bozorga ta`siri, davlat mulkini uning
tasrrufidan chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish,mulkni ijaraga berish, investitsion
majburiyat asosida mulkni xususiylashtirish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Davlat mulki nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
2.Davlat mulki iqtisodiyotni tartibga solishda qanday rol o`ynaydi?
3.Davlat tadbirkorligi deganda nimani tushunasiz?
4.Davlat tadbirkorligi iqtisodiyotni tartibga solishga qanday ta`sir ko`rsatadi?
5.Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mohiyati nimadan
iborat?
6.Davlat mulkini xususiylashtirish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qanday
ta`sir ko`rsatadi?
7.O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishdan ko`zlangan maqsadlar nimalardan
iborat?
8. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari qanday amalga oshirildi?
9.Davlat mulki qanday boshqariladi?
10.Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirish uchun
nimalarni amalga oshirish kerak?
5. IQTISODIYOTNI DASTURLASh, PROGNOZLASh VA REJALAShTIRISh
5.1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridan biri dasturlash va
rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining
mavjudligi, iqtisodiyotga yo`llanadigan kapital mabla`glar harakati va oqibatlarining uzoq
muddatliligi hamda bozor kon`yunkturasini o`rganishi bilan ifodlanadi. Shu boisdan barcha
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va
rejalashtiriladi.
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat (1-2
yil), o`rta muddat (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) mo`ljallanadi. Bunda mavjud o`tgan davrdagi
iqtisodiy rivojlanish holati, bozor kon`yunkturasining o`zgarib borish tendentsiyalariga
asoslanib, kelajaqdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo`lishi, qanday natijalarga olib kelishi
mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma`lumotlarga
esa xususiy ishbilarmonlarning kapital mabla`glar sarflash rejalarini turli so`rovlar orqali
o`rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi.
Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda
iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko`rsatiladi. Maqsadlarni amalga
oshirish uchun kapital mabla`glar sarflash rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab
o`rtasidagi nisbatlar o`rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o`rtasidagi bo`gliqlik,
ishlab chiqarish bilan iste`mol, ishlab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import
o`rtasidagi bo`gliqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ro`yxatini
o`tkazish muhim ahamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini
ro`yxatga olish amalga oshirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida
rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma`muriyatchilikka, buyruqbozlikka asoslangan jamiyatda
iqtisodiy rejalar direktiv xarakterga ega bo`lib, yuqoridan belgilanib, quyidagi xo`jalik
bo``ginlari uchun majburiy edi.
Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko`p shakllari mavjud bo`lgan sharoitda esa dastur va
rejalar davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektor uchun esa taklif, indekativ xarakterga
ega bo`ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ra`gbatlantirish
maqsadida ularga turli imtiyozlar, ya`ni soliq to`lashda, kredit, subsidiyalar, xom ashyo,
yoqil`gi-energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar berilishi
lozim bo`ladi.
Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi
mumkin bo`lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarining oldini
olishga qaratilgan bo`ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning
tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni ra`gbatlantirish, moliyalashtirish
imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bo`gliq bo`ladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini tartibga solishni ta`minlashda Iqtisodiyot vazirligi muhim
rol o`ynamoqda. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
kontseptsiyalari qisqa va uzoq muddatli rejalari, respublika va mintaqalarga oid tarmoq dasturlarini
ishlab chiqish; aholini sotsial himoyalashga oid takliflarni asoslab berish, mehnat faoliyati va
tadbirkorlik imkoniyatlarini ko`paytirish, iqtisodiy ahvolni so`glomlashtirish yo`llarini belgilash;
bozor munosabatlariga o`tishning asosiy qoida va yo`nalishlarini . shakllantirish va unga mos
ravishda xo`jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari va uslublarini takomillashtirish; xalq xo`jaligi
tuzilmasini qayta qurishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarini oqilona joylashtirishga oid takliflar
tayyorlash; xalq xo`jaligi balanslarini tuzish asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid
takliflarni ishlab chiqish; eksport-import ishlarini davlat yo`li bilan tartibga solish va ra`gbatlantirish
sohasidagi yo`nalishlarni belgilash. Iqtisodiyot vazirligi ushbu vazifalarni bajarish orqali iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida muhim o`rin tutadi.
|