2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to``grisidagi tahlilga
asoslanib, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va
foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo`lgan
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi.
3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko`p ukladli
iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli
baholanadi.
4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o`tgan davrdagi faoliyati tahlil
qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi.
5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab
chiqarish quvvatlarini eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosadigan mahsulotlar ishlab
chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo`shimcha zahiralar va resurslar
aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab
chiqarishlar aniqlanadi.
6. Hudud aholisini o`zida ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan
ta`minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan
foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari
mahsuldorligining o`sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi.
Hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Hududning mehnat, yer-suv va mineral xom ashyo resurslari bilan ta`minlanganligiga
miqdoriy va sifat bahosi beriladi.
2. Hududdagi demografik vaziyat, aholining ish bilan bandligi keyingi o`n yillik davr
bo`yicha baholanadi.
Ishsizlik darajasi, shu jumladan, uning yashirin shakllari baholanib, aholi va mehnat
resurslari soni prognoz qilinadi.
3. Foydali qazilma boyliklari zahiralari, ularning o`zlashtirilish ahvoli tahlil qilinadi. Hudud
mineral-xom ashyo bazasi imkoniyatlari, qo`shimcha moliyaviy resurslarni jalb etishni hisobga
olgan holda baholanadi. Shuningdek, qazib chiqaruvchi korxonalarning foydali qazilma boyliklari
bilan ta`minlangani, ularning konlarni o`zlashtirish xarajatlari o`rganiladi.
4. Hududning yer-suv resurslari bilan ta`minlanish hamda yerlarning meliorativ ahvoli, yer
bonitetlari o`rganilib, meliorativ yaxshilash istiqbollari o`rganiladi.
5. Hududning ishlab chiqarish, transport va aloqa infratuzilma salohiyati o`rganiladi.
Aholining ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari va xizmatlari bilan ta`minlanganlik darajasi baholanadi.
6. Hududda ishlab chiqaruvchi kuchlar, yangi korxonalarni joylashtirish uchun istiqbolli
tuman, shahar, yirik aholi yashash punktlari tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: