Resurslarni yetkazib beruvchilar o`zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy
resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Raqobat
iste`molchilar o`rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda
sotib olishga harakat qiladilar, ya`ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko`proq nafga
ega bo`lishga harakat qiladilar.
Raqobat – bozor sub`ektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashuvidan iborat bo`lib, ular o`rtasidagi yuqori foyda va ko`proq nafga ega bo`lish uchun kurashni anglatadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko`rsatish
mumkin:
1)
tartibga solish vazifasi;
2)
resurslarni joylashtirish vazifasi;
3)
innovatsion vazifa;
4)
moslashtirish vazifasi;
5)
taqsimlash vazifasi;
6)
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning
tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste`mol)ga muvofiqlashtirish
maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning
talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali
belgilanishiga erishiladi, ya`ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning
resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning
innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda
bozor iqtisodiyoti sub`ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning
joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning
moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga
ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan bo`lib, ularning shunchaki o`zini-o`zi saqlab, iqtisodiy
jihatdan yashab qolishidan xo`jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o`tishini
bildiradi.
Raqobatning