Bozor ijtimoiy barqarorlikni ta`minlamaydi. Davlat ijtimoiy sohadagi ishchilar va
predmetlar o`rtasidagi, mehnat va kapital o`rtasidagi muammolarni xal etuvchisi sifatida chiqadi.
Bularning hammasi, ijtimoiy soha va uning normal rivojlanishi uchun tartibga solishning
bozor mexanizmi bilan davlat mexanizmlarini uy`gunlashtirish zarur ekanligini keltirib chiqaradi.
Faqatgina tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlarini optimal uy`gunlashtirish orqaligina
samarali natijalarga erishish mumkin. Ijtimoiy sohaning shunday elementlari mavjudki unda faqat
davlat shaxsni har tomonlama rivojlanishi bilan bo`gliq bo`lgan xarajatlarni samarali boshqarish
mumkin. Davlat millatning so`gli`gi uchun, malakali kadrlarni tayyorlash uchun javobgarlikni o`z
zimmasiga oladi. Aholini ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, mulkchilik huquqlarini himoya qilish
ham davlatning zimmasidadir. Faqat davlat shaxsni har tomonlama rivojlanishi bilan bo`gliq
xarajatlarni samarali usullar bilan tartibga solishi mumkin. Va faqat uning yordami bilangina
ijtimoiy yo`naltirilgan bozor tizimini yaratish va aholi daromadlari o`rtasidagi yuqori
tabaqalanishlarni qisqartirish mumkin.
O`zbekistonda ijtimoiy madaniy maqsadlarga(aholini ijtimoiy himoyalari bilan birgalikda)
umumiy
birlashtirilgan
byudjet
xajmining
YaIM
ga
nisbatida
byudjet
xarajatlari
ko`rsatkichlarining mutanosibligi ijtimoiy sohani tartibga solish va rivojlanishida davlatning roli
haqidagi tushunchalarni boyitadi.
O`zbekiston Respublikasining birlashgan (konsolidirovannogo) byudjet resurslarining
yarmidan ko`pro`gi ijtimoiy madaniy maqsadlarga yo`naltiriladi. Shu sababli, jon boshiga
qilinadigan bu xarajatlarning katta qismi byudjetdan tashqari pensiya fondi va bandlik fondlari
hisobiga to``gri keladi. Ijtimoiy-madaniy xarajatlarning va YaIM mutanosibligining qisqarishi
pulli ijtimoiy-madaniy xizmatlarni jon boshiga o`sishiga, ya`ni ushbu maqsadda xo`jalik organlari
qilayotgan xarajatning o`sishi bilan bo`gliq.
Dostları ilə paylaş: