Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


sezilarli darajada pasaytirildi. Amaldagi mavjud almashuv kurslari birxillashtirilib, milliy



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

sezilarli darajada pasaytirildi. Amaldagi mavjud almashuv kurslari birxillashtirilib, milliy 
valyutaning barqarorligi ta`minlandi. Aholining banklardagi omonatlari miqdori sezilarli 
darajada o`sdi. 2003 yilda Xalqaro joriy operatsiyalar bo`yicha milliy valyutaning 
konvertatsiya qilinishi ta`minlanib, XVFning VIII moddasi talablariga zid keluvchi barcha 
cheklovlar olib tashlandi.
Umuman, 2003 yilda amalga oshirilgan qat`iy monetar siyosat milliy valyuta 
barqarorligini ta`minlashga, inflyatsiya darajasi va foiz stavkalarini yanada pasaytirishga, 
pul bozorini rivojlantirish, valyuta bozorini erkinlashtirishga hamda pul mabla`glarining 
bankdan tashqari muomalasini qisqartirishga yo`naltirildi. O`z navbatida, 2003 yilda 
depozit operatsiyalari pul taklifi va bank tizimi likvidliligini tartibga solishda eng ko`p 
qo`llanilgan vosita bo`ldi. 
O`zbekistonda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, banklarning kapitallashuv 
darajasi, likvidligi, ya`ni to`lov qobiliyatini oshirish uchun oldindan chora-tadbirlar amalga 
oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo`ljallab qabul qilingan 
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida moliya-bank tizimini mustahkamlash bo`yicha talay 
ishlar amalga oshirildi. Oqibatda, so`nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar 


ko`paydi. 2009 yilning o`zida yetakchi banklarning nizom jam`garmalarini oshirish uchun 
qo`shimcha ravishda 500 milliard so`mdan ortiq davlat mabla`glari ajratildi. Banklarimiz 
kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Mamlakatimizda28 ta tijorat banki “Fitch 
Reytings”, “Mudis” va “Standartend Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarning 
“barqaror” degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo`ldi. 
Umuman, davlat bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish tijorat banklarini yirik 
investitsiya institutlariga aylantirish orqali iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlanishi uchun 
mustahkam shart-sharoit yaratadi.
Asosiy tushuncha va atamalar 
Pul, pulning vazifalari, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori, pul muomalasi, pul 
emissiyasi, kredit, kreditning turlari, bank krediti.bank,Markaziy bank, tijorat banki, bank turlari, 
monetar siyosat, monetar vositalar, xalqaro kredit. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Pul nima va u qanday vazifalarni o`taydi? 
2.
Pul muomalasi qonunini tushuntirib bering. 
3.
Pul muomalasi davlat tomonidan qanday tartibga solinadi? 
4.
Pul emissiyasi nima va u qanday nazorat qilinadi? 
5.
Kredit nima va u qanday vazifalarni bajaradi? 
6.
Kredit turlarini izohlab bering. 
7.
Markaziy bank qanday vazifalarni bajaradi? 
8.
Monetar siyosat nima?
9.
Monetar vaositalar orqali iqtisodiyot qanday tartibga solinadi? 
10.
O`zbekistonda pul-kredit vositalar orqali davlat iqtisodiyotni qanday tartibga solmoqda? 
11.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan sharoitda O`zbekistonda bank 
tizimini yanada mustahkamlash uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?pul-
kredit vositalar orqali davlat iqtisodiyotni qanday tartibga solmoqda? 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin