M 1 ...M n pul agregatlari” yoki “tarkibiy qismi” tushunchasidan foydalaniladi.
Barcha pul agregatlari yi`gindisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
M0 — muomaladagi naqd (qo`goz va metall) pullar.
M1 = M0 = aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob
varaqlaridagi pul mabla`glari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo`lgan pul omonatlari.
M2 = M1 = tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jam`garma hisob varaqlaridagi
pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur
agregat tarkibiga kiruvchi pul mabla`glarini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o`tkazish
hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular, asosan, jam`garish vositasi
vazifasini bajaradi.
M3 = M2 = bank sertifikatlari = aniq maqsadli zayom obligatsiyalari = davlat zayom
obligatsiyalari = xazina majburiyatlari.
Demak, pul massasining har bir alohida agregati o`zining likvidligi darajasiga ko`ra
farqlanadi.
Likvidlik — bu turli aktivlarning o`z qiymatini yo`qotmasdan (eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul
mabla`glariga bo`lgan talab va pul taklifining o`zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi — bu bozorda pul sifatida muomalada bo`lgan turli xil moliyaviy mabla`glar,
ya`ni pul agregatlari yi`gindisi hisoblanadi.
Mamlakatdagi pul taklifi, asosan, Markaziy bank tomonidan tartibga solinsa-da, u
iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki bu jarayonga uy xo`jaligi xatti-harakati
hamda tijorat banklarining siyosati ham ta`sir ko`rsatadi.