Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi stavkasi va undirilgan soliq
summasining 2006-2010 yillar davomida o`zgarish dinamikasi
1
29%
25%
25%
22%
22%
567,7
754,8
1108,8
1311,8
1594,0
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
2006 йил
2007 йил
2008 йил
2009 йил
2010 йил
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1800
Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ставкаси
Жисмоний шахслардан ундирилган даромад солиғи (млрд.сўм)
- yashirin tarzda daromad topayotgan jismoniy shaxslarga daromadlarini ochiq-oydin oshkor
etish imkoniyatini beradi, ular soliq stavkasi pastligi hisobiga soliqdan cho`chimaydilar;
- bu stavka hamma jismoniy shaxslar uchun bir xil bo`lishini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida barcha jismoniy shaxslar teng huquqli bo`lgani uchun soliq solinishida ham teng
bo`lishi lozim;
- davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslar daromad soli`gi bo`yicha
soliqdan qochish va bo`yin tovlash bo`yicha qilinadigan ma`muriy xarajatlar tejaladi;
- eng asosiysi, bunday tizim barcha jismoniy shaxslarga tushunarli bo`lib, turli noaniqliklar
barham topadi, ular o`z haq-huquqlarini himoya qila oladilar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi tartibini takomillashtirish masalalaridan
biri bo`lgan soliqqa tortilmaydigan miqdorning joriy etilishi aholidan olinadigan daromad soli`gi
tartibini davr talabiga mos holda takomillashtirishga o`zining munosib hissasini qo`shadi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishda, rivojlangan davlatlar
tajribasidan foydalangan holda, jami yillik daromaddan ushbu daromadni olish bilan bo`gliq
bo`lgan xarajatlarni, byudjetga to`langan boshqa soliq va to`lovlarni chiqarib tashlash lozim.
Respublakimiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslarning ish haqi shaklidagi
daromadlarini soliqqa tortishda uch bosqichli stavkalardan ikki bosqichlisiga o`tish va asta-sekin
yagona stavka joriy etish lozim. Hozirgi paytda yagona stavka qo`llanilayotgan mamlakatlar
amaliyotida bu mexanizm o`zining samarasini ko`rsatmoqda.
Mamlakatimizda mehnat sharoitlari o`ta zararli, o`ta o`gir, zararli va o`gir bo`lgan ishlab
chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning (ayollarning) daromadlariga soliq solishning amaldagi
imtiyozli tartibi belgilangan. Ularning mehnatiga haq to`lash shaklidagi daromadlariga
belgilangan soliq stavkalarini qaytadan ko`rib chiqish lozim. Bizningcha, o`gir va zararli, o`ta
o`gir va o`ta zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun imtiyozli soliq stavkasiga daromad soli`gining
quyi stavkasi va o`rta stavkasi joriy etilishi maqsadga muvofiq.
Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlaridan ayrim ijtimoiy
ahamiyatga ega bo`lgan xarajatlarni (masalan dori-darmon uchun, meditsina xarajatlari) chegirish
va ularning yillik daromadlarini umumiy deklaratsiyalash tizimiga tezroq o`tkazish lozim.
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланган.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daramod solig`i stavkasi
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daramod solig`i (mlrd. so`m)
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gini takomillashtirishni iqtisodiy
munosabatlar bilan o`zaro bo`gliq va uy`gunlikda takomillashtirish zarur. Chunki aholi bandligini
ta`minlash va daromadlarini oshirish ularning farovonligini o`stirishning ishonchli yo`lidir. Shu
bilan birga, soliqqa tortiladigan daromadlarning ortishi byudjet manfaatlariga ham to`liq mos
keladi.
Bizga ma`lumki, O`zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlarning huquqiy asosi sifatida
Soliq kodeksiga qadar “Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonun ( 1993 yil may oyida
qabul qilingan ) xizmat qilar edi. Bu qonun Soliq kodeksi qabul qilingandan so`ng o`z kuchini
yo`qotdi, uning asosiy mazmuni esa kodeksda o`z aksini topdi. Biroq, qayd etish zarurki,
“Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonunda mahalliy soliqlar bo`yicha mahalliy
hokimiyatlarning soliq va byudjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi. Ammo, bu holat Soliq
kodeksida to`liq aks ettirilmagan, ya`ni bunda mahalliy soliqlar va yi`gimlar bo`yicha faqat ularni
turlarini ko`rsatish bilan cheklangan va mahalliy hokimiyatlarning soliq huquqlari mavhum holda
qolgan. Shu boisdan, bizning fikrimizcha, mahalliy soliqlarning o`rni ortib borar ekan, bu
soliqlarni joriy etish, bekor qilish va amal qilish holatlarini yanada to`laroq aks ettirish lozim.
Buning uchun Soliq kodeksining 23-moddasiga qo`shimcha kiritish va unda mahalliy
hokimiyatlarining soliq huquqlari aniq-ravshan qilib belgilanishi zarur, deb hisoblaymiz.
Ma`lumki, yer soli`gi soliq to`lovlarining moliyaviy natijalariga bo`gliq bo`lmagan holda
undiriladi, ya`ni yerning fizikaviy, ximiyaviy xususiyati hamda ularning joylanishi soliqlarni
belgilashda asos qilib olinadi. Ammo, qayd etish joizki, hozirga qadar respublikamizda yerlarning
boniteti ancha yillar oldingi ma`lumotlar bo`yicha yuritilmoqda. Shuni e`tiborga olib yerlarning
bonitetini qaytadan ob`ektiv aniqlash va shu asosda soliq stavkasini ham qayta ko`rib chiqish
maqsadga muvofiq. Soliq tizimini takomillashtirish, uning bir qator vazifalarini real bajarilishiga
erishib borishni ham o`z ichiga oladi. Bular quyidagilar:
soliq yukini soliq to`lovchilar o`rtasida to``gri taqsimlashga erishish, shu bilan birga uni
imkoni boricha kamaytirish;
soliqlarning mazmunini soliq to`lovchilarga to`liq ochib bergan holda tushuntirish, ularda
soliq madaniyatini shakllantirish va uni oshirib borish;
soliqlarni ixchamlashtirish, ya`ni ularni yagonalashtirish.
Soliq tizimining samaradorligini oshirishga qulaylik tu`gdiruvchi omillardan biri bu soliq
yukining to``gri taqsimlanganligi va imkoni boricha uni kamaytirishdir. Soliq yukini to``gri
taqsimlanganligi iqtisodiy rivojlanishga olib keladi. Soliq yukini iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha,
ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar o`rtasida to``gri taqsimlanishi katta ahamiyat kasb etadi
Mavjud soliq tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi bir qator masalalarga
e`tibor berishni kuchaytirish lozim:
soliqlarni joriy etish va ularni to`lash tartibiga ilmiy tomondan yondashishni
kuchaytirish;
mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda xorijiy tajribalardan
unumli foydalanish;
ixchamlashtirilgan soliqlar amal qilish doirasini kengaytirish;
soliq sohasidagi har qanday o`zgarishlarni soliq to`lovchilarga ommaviy tarzda
tushuntirib borishni keng yo`lga qo`yish;
soliq sohasidagi qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik, unga qarshi
qat`iy kurashish;
soliq imtiyozlarini, asosan, soliq stavkalarini kamaytirish evaziga emas, balki boshqa
xildagi imtiyozlardan unumli foydalanish, xususan tezkor amortizatsiyani qo`llash, soliq
kreditlarining miqdorini ko`paytirish kabi vositalarni qo`llash orqali ro`yobga chiqarish;
qat`iy stavkali soliqlarni kamaytirish, bu orqali tadbirkorlarni haqiqiy daromadidan kelib
chiqqan holda soliq undirib olishni kuchaytirish.
Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, soliq tizimini yanada takomillashtirish
faqatgina uning samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Asosiy tushuncha va atamalar
Byudjet, byudjet tizimi, davlat byudjeti. mahalliy byudjet, soliqlar, soliqlarning vazifalari,
soliq yuki, soliq imtiyozi,soliq organlari, iqtisodiy o`sish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Davlat byudjeti nima va uqanday vazifalarni bajaradi?
2.Byudjet orqali davlat iqtisodiyotga qanday ta`sir ko`rsatadi?
3.Soliqlar va iqtisodiy o`sish o`rtasidagi aloqadorliklarni tushuntirib beri9ng?
4.Soliqlarning vazifalari nimalardan iborat?
5.Soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usuli va vositasi ekanligini
tavsiflab bering?
6.Tezlashtirilgan Amortizatsiyani shaklidagi imtiyozlar mazmunini yoritib bering?
7.ITTLI ni ra`gbatlantirishda qanday soliq usullari va shakllari mavjud?
8.O`zbekistonda asosiy soliq imtiyozlarini sanab o`ting.
9.O`zbekistonda byudjet-soliq vositalari orqali iqtisodiyot davlat tomonidan qanday tartibga
solinishini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |