Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


IQTISODIYoTNI TARTIBGA SOLIShNING PUL-KREDIT USULLARI



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

9.IQTISODIYoTNI TARTIBGA SOLIShNING PUL-KREDIT USULLARI 
 
9.1. Pul va pul muomalasi, pulga bo`lgan talab va pul taklifi 
Pul – umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi tovardir.P
ul
— 
bu hamma tovarlarni sotish va 
sotib olish mumkin bo`lgan, umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi maxsus tovardir. 
Pulning mohiyatini to`laroq tushunish uchun uning quyidagi 
asosiy vazifalarini
ko`rib 
chiqamiz: 1) qiymat o`lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to`plash vositasi; 4) to`lov vositasi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning 
almashuv qiymatini o`lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. 
Bunday birlik 
narxlar o`lchovi (masshtabi) 
deb ataladi. Pul muomaladan chiqarilganda 
boylik 
to`plash
vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo`jalik sharoitida boylik to`plash, jam`garish 
mahsulot jam`garish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo`jaligining rivojlanishi boylik 
to`plashning pul jam`garish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to`lov muddati kechiktirib sotilganda, pul 
to`lov vositasi 
vazifasini 
bajaradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta 
va soliqlarni to`lashda ham to`lov vositasi vazifasini bajaradi. Qo`goz pullar, veksel va banknotlar 
— pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Pulning o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi 
deyiladi.
Mamlakat 
pul tizimi
ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1) milliy pul birligi (so`m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.); 
2) naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qo`goz, tanga va 
kredit pullar tizimi; 
3) pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin