- aylanma mabla`glarini to`ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash
stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatga imtiyozli
kreditlar berish;
- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan
korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to`lovlardan – qo`shimcha qiymat soli`gi bundan
mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;
- banklar kreditlari bo`yicha to`lov muddati o`tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko`rib chiqish,
byudjetga to`lanadigan to`lovlarning penyasidan kechish hamda boshqa muhim imtiyoz va
preferentsiyalar berish.
Uchinchidan
– qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini kamaytirishni ra`gbatlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.
To`rtinchidan
– elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya inte`molini
kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish.
Beshinchidan
– jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni
ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash iqtisodiy o`sishning
yuqori sur`atlarini saqlab qolishda `goyat muhim ahamiyatga ega.
Ichki bozorda talabni ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash
maqsadida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko`paytirish
mo`ljallanmoqda.
2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda:
- go`sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo`shagan
mabla`glarni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli
ravishda yo`naltirish sharti bilan yagona soliq to`lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish;
- tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq
to`lovidan ozod qilish.
Mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta`sirini bartaraf etish
hamda inqirozdan so`ng barqaror va mutanosib iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash maqsadida 2009-
2014 yillarga mo`ljallangan ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash, texnik va texnologik
qayta jihozlash, iqtisodiyot raqobatbardoshligini doimiy ravishda oshirish, eksport salohiyatini
o`stirish maqsadida innovatsiyalarni joriy etish asosida chuqur tarkibiy o`zgartirishlar qilish uchun
eng muhim investitsiyaviy loyihalar dasturi amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning umumiy
qiymati 55,4 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 15,3 mlrd. dollari (ya`ni 27,6 %) neft gaz sohasiga,
12,1 mlrd. dollari (12,1%) neftgazkimyo sanoatiga, 7,5 mlrd. dollari (13,5%) transport va
infratuzilmaga, 5,8 mlrd. dollari (10,5%) energetika sohasiga yo`naltiriladi (12.2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: