nazariyalar deb atalib, ular Y.G. Fon Tyunen, V. Launxard, A.Veber nomlari bilan bog‘liq. Ushbu
nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
alohida olingan biror qishloq xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining ko‘rib chiqilishi;
joylashtirishning barcha omillari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab, ularni umumlashtirib,
korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay joyi to‘g‘risida aniq javob olish
mumkinligi to‘g‘risida takliflar mavjudligi.
Y.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning obektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan
birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda paydo bo‘lgan). Tyunen qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo‘lgan
masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini tanlash
modellarini taklif etdi. Tyunen modelida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili
sifatida namoyon bo‘ladi.
V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko‘rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb
hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to‘g‘ri tanlanganligini xomashyo,
yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini
minimallashtirish bilan asoslangan edi.
Dostları ilə paylaş: