Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
 
16.4.O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatini o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga 
solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga 
mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga 
yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy 
tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy 
hokimiyat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy 
siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit beradigan, 
ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf 
etishdan iborat. 
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy 
notengliklarning sabablari o‘rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining 
turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri; 
- mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi; 
- mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining 
ko‘payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o‘z navbatida bozorning torayishiga olib keladi. 
Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanishini qiyinlashtiradi; 
- u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnologik rivojlanish 
bosqichi (xomashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); 
- mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, 
telekommunikatsiya tizimlari va h.k. bilan ta’minlanishi; 
- ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning 
mavjudligi va h.k. 
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital 
qo‘yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo‘nalishda olib 
borilmoqda: 
Birinchi yo‘nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma 
obektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita ishlab chiqarishga 


aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy 
sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo‘llar, 
elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda 
tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi 
punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Ikkinchi yo‘nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, 
xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo‘llash (ma’muriy yoki moliyaviy 
cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini 
joylashtirishga chek qo‘yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul 
dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan 
keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini 
joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini 
rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Uchinchi yo‘nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida 
xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag‘batlantirishahri. Mazkur yo‘nalish iqtisodiyotning 
turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor 
beriladigan asosiy yo‘nalish hisoblanadi. 
Respublikamiz iqtisodiyotida ham bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan boshqa mamlakatlardagi 
singari “samarali” usulni qo‘llash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab 
foydalanilmayotgan zaxiralar ishga tushirilmoqda; yangi korxonalar asosan kommunikatsiyalar 
bilan yaxshi ta’minlangan kichik va o‘rta shaharlarga joylashtirilmoqda; qishloq xo‘jaligida tabiiy-
iqlim sharoitiga mos ekinlar ekish joriy etilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy 
salohiyatga ega hudud va shaharlarni rivojlantirish, mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi 
tafovutlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloqda sanoatni, birinchi navbatda 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilma tizimini shakllantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Ma’lumki, respublikamizning turli hududlari maydoni, aholi soni, tabiiy-iqlim sharoiti, 
infratuzilma obektlari bilan ta’minlanishi, shaharlashuv darajasi, aholining turmush sharoiti va 
boshqalarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan, mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari 
o‘rtasidagi aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatining Toshkent 
tumaniga to‘g‘ri kelsa (1 km2 maydonda 767 kishi), aksincha eng siyrak mintaqa Navoiy 
viloyatining Tomdi tumani (1 km2 maydonda 0,58 kishi) hisoblanadi. 
Aholi tabiiy ko‘payishida shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutlar yaqqol sezilib turadi. 
Xususan yirik, sanoatlashgan va mahalliy millat vakillari nisbatan kam istiqomat qiladigan 
shaharlarda aholi tabiiy ko‘payishi qishloq joylarga nisbatan bir necha bor past ekanini 
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Olmaliq, Ohangaron, CHirchiq 
shaharlarida tabiiy o‘sish respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan 3-5 marta kamdir. 
Samarqand viloyati Urgut tumani aholi soni bo‘yicha mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari 
orasida eng yuqori o‘rinni egallaydi. U erda 335 ming kishi istiqomat qiladi. Buxoro viloyati 
qorovulbozor tumani esa, aksincha, aholisi eng kam hudud hisoblanadi. U erda 13,6 ming kishi 
yashaydi. 
Umuman, har bir tuman yoki shaharning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bu kabi misollarni 
yana ko‘plab keltirish mumkin. Mamlakatning mintaqaviy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va 
amalga oshirishda ularning mana shunday alohida jihatlari albatta hisobga olinishi lozim. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin