Tayanch iboralar:
Mintaqa iqtisodiyoti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha nazariyalar:
I.Tyunenning «Qishloq xujalik standarti» nazariyasi; A.Veberning sanoat «shtandortlar»
nazariyasi, A.Lyoshning «Joylashtirish» nazariyasi, U.Ayzardning «Joylashtirish» nazariyasi,
F.Perruning «O‘sish qutblari va rivojlanish markazi» nazariyasi. V.Kristallerning «Markaziy joy»
nazariyasi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari: ishlab chiqarishni oqilona
joylashtirish, mintaqa xo‘jaligining kompleks rivojlantirish, xududiy mehnat taqsimoti.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Mintaqaviy iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish dastaklari. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo‘yicha xorijiy tajribalar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Mintaqa iqtisodiyoti nimani o’rganadi?
2.Mintaqa iqtisodiy siyosatining prinsiplari va vazifalari nimalardan iborat?
3.Mintaqa iqtisodiyot siyosatini davlat tomonidan tartibga solinishi.
4.Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mintaqa iqtisodiyotining o’rni.
5.Hududlarda mehnat taqsimotini to’g’ri joylashtirish.
6. Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari
7. V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi
8. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari
17.DAVLATNING TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISH JARAYONLARINI
TARTIBGA SOLISHI VA EKOLOGIYA SOHASIDAGI SIYOSATI
1.Tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish tizimi va atrof muhitni saqlash.
2.Davlatning tabiatdan foydalanish vazifalari.
3.Ekalogiyani davlat tomonidan himoya qilishning iqtisodiy mehanizmi.
4.O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni va uning ahamiyati.
17.1. Tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish tizimi va atrof muhitni saqlash.
Ekologiya muammosi davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qoldi.Insoniyat
XXI asrga qadam qo’yar ekan, uning oldida, olamni asrash, kelajaak avlodning barqarorligini
ta’minlash, turli ekologik muammolarning oldini olishdek dolzarb masala ko’ndalang turibdiki, bu
hech kimni tashvishga solmay qolmaydi.
Natijada iqlimning o’zgarishi tabiiy resusrlarning kamayib ketishi, turli kasalliklarning
paydo bo’lishi, fasllarning o’zgatib borishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda. Hozirgi paytda
dunyoning qaysi bi r mintaqasini olib qaramaylik, inson hayoti uchun katta havf tug’dirayotgan
ekologik vaziyatni bartaraf qilishdek og’ir muammolar o’z yechimimni kutib turganligining
guvohi bo’lamiz.
Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so’zi fransuzcha
bo’lib “Yashash vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar insonlarning yashashi uchun
zarur bo’lgan asosiy manbadir.
Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg’i va energiya manbalari
ko’mir, neftь, gaz, turli xil yog’ochlar hamda yovvoi o’simliklar va hayvonlar kiradi. Bularning
hammasi yer planetasida mavjud bo’lgan tabiiy resurslardir. Bundan tashqari kosmik resurslar
ham mavjud. Kosmik resurslarga quyoshdan kelayotgan nur, meteoritlar va boshqalar kiradi.
Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to’g’ri tushuntirish
uchun ularni turlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
qazilma boyliklar;
2.
iqlim resurslari;
3.
suv va havo resurslari;
4.
tuproq resurslari;
5.
o’simlik resurslari;
6.
fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma hayvonlar) resurslari;
7.
atom resurslari;
8.
biosfera resurslari;
9.
kosmik resurslar;
Foydalanish
darajasiga
qarab
tabiiy
resurslar:
a) tugaydigan
b) tugamaydiganlarga bo’linadi.
Tugaydilan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan
resurslarga bo’linadi.
Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish
natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli
foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish,
kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash,
ishlatishda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi
konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini
bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan
oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’la ta’minlay
oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini
bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin.
Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o’simliklar va hayvonot dunyosi kiradi.
Masalan: tuproq, unda o’simlik o’stirib foydalanilishi natijasida tugab yo’q bo’lib ketmaydi.
Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan – qayta tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki,
madaniy o’simliklar undagi mineral ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar)
ni shimib oladi, ana shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga
kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi.
Inson foydalanadigan tabiiy resurslar tayyor holda bo’lmay balki uni inson tabiatdan oladi.
Buning uchun inson ularning holatini, xossalarini, olish usullarini va ishlab chiqarishda
foydalanish yo’llarini bilishi kerak. Buning uchun ma’lum malaka va o’quvga ega bo’lishi zarur.
Faqat fan kishilarga, tabiat kuchlari ustidan hukmronlik o’rnatish vositalari va usullarini berish
mumkin. Bu haqda ingliz olimi J.Bernal o’zining “Jamiyat tarihida fan” nomli asarida fanning
tabiat kuchlarini yengishdagi muhim rolini xarakterlab “tabiatni tubdan o’zgartirmoq uchun
fandan maksimal foydalanish kerak” degan edi.
Fan asosida kishilar tabiat boyliklarining o’rnini bosadigan sun’iy material yaratib, tabiat
boyligini tejaydi, ularni kelajak avlodlar uchun saqlaydi.
Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni fan asosida bevosita yoki bilvosita tabiatda
mavjud bo’lgan predmet va narsalarni qayta ishlagan holda undan oladi. Fan va texnika
yutuqlariga tayangan holda inson yangidan-yangi materiallarn yaratmoqda. Inson ob’ektiv
xarakterga ega bo’lgan tabiat qonunlarni to’g’ri bilib olgandagina u yordamida tabiat kuchlariga
aktiv ta’sir ko’rsata oladi.
Inson tabiat qonunlari haqida bilimni tabiiy fanlar – matematika, gefizika, geologiyani va
x.k. ni o’rganib, uni amalga tadbiq etish natijasida oladi. Fan asoslariga tayangan holda
olimlarimiz tomonidan tabiiy resurslarni chuqur o’rganib, jamiyat manfaati yo’lida keng
foydalanilayotganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. Olimlar yer, suv, havo, o’simlik hamda iqlim
resurslarini tadqiq qilishda va ulardan sistemali, ratsional foydalanishda muhim yutuqlarni qo’lga
kiritmoqdalar. Masalan: tuproqni ishlashni yahshilash, tuproq eroziyalariga qarshi kurash,
sug’orish sistemasini takomillashtirish, madaniy o’simliklarni oziqlantirish va uni o’sishi hamda
rivojlanishini jadallashtirish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda planetamizdagi tabiiy resurslar har tomonlama o’rganilib, undan ratsional
foydalanish va uni qo’riqlash metodlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda. Demak,
rivojlangan jamiyatda tabiatga ongli munosabatda bo’lib, uni qo’riqlab va undan jamiyat manfaati
yo’lida fan va texnika taraqqiyotiga tayangan holda ratsional foydalanilib, uni kelajak avlodlar
uchun tabiiy holda saqlab qolinadi. Buning uchun tabiat haqida tabiat bilan inson o’rtasidagi
munosabatlar haqida chuqur bilimga ega bo’lishi kerak bo’ladi.
Inson tabiiy resurslardan foydalanishda ko’plab iqtisodiy foyda olishni ko’zda tutadi.
Lekin, u ko’pincha, tabiiy sharoitning o’zgarishi kishilarning jismoniy, psixik holatiga ta’sir
etishini hisobga olmaydi. Inson tabiatning har bir bo’lagi, har bir komponenti (suv, havo, tuproq,
o’simlik, hayvon va minerallar) bir-biri bilan shu kadar chambarchas bog’langanki, uning biron
qismiga noto’g’ri ta’sir etish oqibatida ma’lum vaqt o’tishi bilan tabiatning boshqa
komponentlarining holatini o’zgartirib yuborishini bilmaydi. Masalan: inson faoliyati natijasida
atmosferada karbonat angidrid miqdorining ortishi planeta haroratining ortishiga sabab bo’ladi.
Bu hol esa muzliklarning erishiga, iqlimning o’zgarishiga, suv sathi va miqdorining ortishiga,
quruqliklarnin kamayishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat taraqqiyoti darajasini belgilovchi asosiy omil moddiy boyliklardir. Moddiy
boyliklar ishlab chiqarish esa o’z navbatida tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq. Bunda
ishlab chiqarish kuchlari va fanning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, inson qo’lida
tabiat kuchlaridan moddiy ne’mat ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati shunchalik katta
bo’ladi.
Turli davlatlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida quyidagilar asosiy rolь o’ynagan:
1) kishilarning onglilik darajasi;
2) fan;
3) texnika;
4) tabiiy resurslardan foydalanish va boshqalar.
Insonning iqtisodiy va madaniy talablarini qondirish borasida hozirgi zamon texnikasining
taraqqiyoti endilikda jamiyatning tabiatga ta’sirini nihoyatda kuchaytirib yubordi. Fan va texnika
taraqqiyoti natijasida inson faqat yer sirtinigina o’zgartirib qolmasdan, uning chuqur
qatlamlaridagi va okean tublari, baland tog’ bag’irlarini o’rganib, ulardagi resurslardan o’z
manfaatlari yo’lida foydalanmoqda. Inson yerning chuqurroq qatlamlaridan foydali qazilma
boyliklarni olish uchun bir qancha muhim muammolarni hal qilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |