Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi 
 
V. Kristallyer «Markaziy o‘rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matematik hisob-kitoblar 
orqali hududiy iyerarxiya bir darajadan boshqa darajaga to‘g‘ri geometrik progressiya orqali 
o‘tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir necha tumanlardan, o‘z navbatida tumanlar ko‘plab 
qishloq fuqarolari yig‘inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar va xizmatlar 
yo‘naltirilgan. SHunday qilib, olim aholi punktlari guruhiy tizimini tashkil etishning qulay 
variantini aniqlash orqali markaziy o‘rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor 
mintaqasining eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona yo‘nalishlarini, 
shahar va aholi punktlari boshqaruvi ma’muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash 
mumkin. 
Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) o‘rganishga oxirgi o‘n 
yilliklarda nisbatan kamroq e’tibor berildi. To‘g‘ri, hududiy iqtisodiyot bo‘yicha anchagina 
tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning 
nazariy asoslari ularning ayrimlaridagina ko‘rib chiqildi. Hududiy o‘sish nazariyalarini ko‘rib 
chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o‘sish modellarini 
qo‘llash. Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan 
modellarga o‘xshatish mumkin (development economics). Ikkinchisi esa, alohida korxona va 
firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. CHunki mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanishini, avvalambor, ularning faoliyatigina belgilab beradi. Kompaniyalar o‘z faoliyatini u 
yoki bu hududda olib borishining sabablari joylashtirish nazariyalari orqali ko‘rib chiqiladi
.
 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari 
 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari: ishlab chiqarishni oqilona 
joylashtirish, mintaqa xo‘jaligining kompleks rivojlantirish, xududiy mehnat taqsimoti. 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar 
o‘rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida 
ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, 
maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e’tibor berish lozim. Ayni paytda, tabiiy-resurs 
salohiyatlaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham 
hisobga olinadi. 
Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari 
quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish; 


mintaqalarni kompleks rivojlantirish; 
mintaqalar o‘rtasidagi hududiy mehnat taqsimoti; 
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish 
Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish deganda mahsulot ishlab 
chiqarish xarajatlarini minimal holatga keltirish va ishlab chiqarishning barcha (tayyor 
mahsulotgacha 
bo‘lgan) 
bosqichlarini 
muayyan 
hududga 
joylashtirish 
tushuniladi. 
Mamlakatimizning turli hududlari tabiiy resurslar zaxiralarining miqdori, komponentlar tarkibi, 
geologik salohiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Bunda ishlab chiqarishning xomashyo, yoqilg‘i, 
energiya va iste’mol manbalariga yaqinligini ta’minlaydigan transport omili katta ahamiyatga ega.
Mintaqalar o‘rtasida hududiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
kuchlarini samarali joylashtirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanish darajasi, tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro 
farq qiladi. SHuning uchun har bir mintaqa faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar asosida 
muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot 
ayirboshlaydi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin