15.3 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishini
rag’batlantirish va qo’llab – quvvatlash tizimi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni engillashtirish
va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan,
zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar
natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy
investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e’tirof
etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan
«Biznes yuritish — 2020» hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va
samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi.
SHu bilan birga, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar
sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to‘liq xabardor emasligini,
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli darajada ortda
qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik
to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng erkinlik
berish borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining
joylarda to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida:
1. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar
hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi hamda «Xususiy mulkni
himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga so‘zsiz
rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirilsin.
Belgilansinki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan
ob’ektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari
yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar
tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi
hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xususiy mulkni himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan
nazoratni kuchaytirsin, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib
chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor
shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Zokirov), Energetika vazirligi (Sultanov),
Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullaev), Markaziy
banki (Nurmuratov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) rahbarlariga qurilish uchun
ruxsatnomalar berish, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish,
kredit berish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni hal etish yo‘nalishlaridagi islohotlarning amaliyotga
tatbiq etilishi etarli emasligi natijasida «Biznes yuritish» yillik hisoboti tegishli indikatorlari
bo‘yicha mamlakatning reytingdagi o‘rni pastligicha qolayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazirlik va idoralarning har birida sohada amalga
oshirilayotgan islohotlarni joylardagi ijrochilarga etkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilsin.
Mazkur ishchi guruhlar zimmasiga islohotlarning mazmun-mohiyatini joylardagi
ijrochilarga etkazish va tushuntirish, qonun hujjatlarini noto‘g‘ri qo‘llash amaliyotini bartaraf
etish, joylarda tadbirkorlarning fikrini muntazam ravishda o‘rganib borish, tegishli organ
tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularga
sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar
tayyorlash vazifalari yuklansin.
Ishchi guruhlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakunlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritib borsin.
3. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020 yil 1 fevraldan boshlab:
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish
xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar «YAgona darcha» bojxona axborot tizimi orqali
rasmiylashtiriladi. Bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari «YAgona
darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish
uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan
xarajatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda
belgilanadi;
yuridik shaxslar tomonidan da’vo arizasi va uning ilovalarini javobgar hamda iqtisodiy
sudga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratiladi;
b) 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini
elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik sub’ektining xohishiga
ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda
berilgan so‘rovnomasiga asosan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlari foydalangan elektr
energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinadi.
4. 2020 yil 1 yanvardan quyidagi talablar bekor qilinsin:
tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi
shartnomalarini taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlanganda kommunal xizmatlar
bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirib olish;
davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng arizani hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan tegishli hududda joylashgan er uchastkasi va
boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotni bevosita qog‘oz ko‘rinishda
taqdim etish;
meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan
tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub’ektlaridan
to‘lov undirish.
5. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida
O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga doir «Yo‘l xaritasi» ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni
nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin:
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xabarnoma
yuborish tartibini bekor qilish, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan
qurilish ob’ektlari bundan mustasno;
ob’ektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyiha hujjatlari
yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va qurilish ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotni davlat
xizmatlari markazlari tomonidan bir vaqtda tadbirkorlik sub’ektlari va hududiy qurilish sohasidagi
nazorat inspeksiyalariga ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborish;
ob’ektlar bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lmaganda qurilish-montaj
ishlarini boshlashni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
tomonidan kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bilan
bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning muddatlarini va eng baland qiymatlarini
belgilashni nazarda tutuvchi yagona kalkulyasiyasini tasdiqlasin;
elektr ta’minoti tizimiga ulanish jarayonida hujjatlarni ko‘rib chiqish, kelishish va ishlarni
amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish bo‘yicha
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi,
Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda meva-
sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun
zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning
xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini nazarda
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. «O‘zstandart» agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 fevralga
qadar:
vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va «YAgona darcha» bojxona
axborot tizimi platformasida tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida
xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etishni yakunlasin;
vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va
ekologik nazorat o‘tkazish uchun shartnomalarni oferta shakliga o‘tkazgan holda xizmatlar uchun
to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkonini yaratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi,
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi, Adliya vazirligi:
ikki oy muddatda yuk tashuvchilar tomonidan yuk hujjatlari ma’lumotlarini o‘z ichiga
olgan dastlabki elektron axborotni bojxona idoralariga taqdim etish tartibini joriy etish orqali
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini tezlashtirish choralarini ko‘rsin;
2020 yil 1 aprelga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston
Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan katta hajmli va og‘ir vaznli
yuklarning o‘tishi uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish jarayonlari va to‘lovlarni amalga
oshirishni elektron shaklga o‘tkazish ishlarini yakunlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy
tadqiqotlar va islohotlar markazi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligi uch oy muddatda:
litsenziyalash va ruxsatnoma berish tizimini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tanqidiy
qayta ko‘rib chiqib, ularni zamon talablariga moslashtirish va tizimlashtirish;
litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan
o‘tkazib, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda ularning muqobil shakllarini, shu jumladan
xabardor etish tartibini joriy etish yuzasidan taklif kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 fevraldagi «Jahon banki va
Xalqaro
moliya
korporatsiyasining
«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4160-
son qarori bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishga tegishli vazirlik va
idoralar rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari haqida ogohlantirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi PF-
5635-son
Farmoni 3-ilovasida ko‘rsatilgan
xalqaro
reytinglar
indikatorlari
bo‘yicha
mamlakatimizning reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi yoki pasayganligidan kelib chiqib,
vazirlik va idoralarga nisbatan rag‘batlantirish yoki jazolash choralarini qo‘llash tartibini nazarda
tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasi «Biznes yuritish» yillik hisobotining qurilish uchun ruxsatnomalar olish, elektr
ta’minoti tizimiga ulanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda xalqaro savdo indikatorlari
bo‘yicha «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti qo‘llanilishini ta’minlasin;
jamoatchilik nazorati va «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutining qo‘llanilishi
natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot
kiritib borsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha «davlat
xizmatlarining sirli mijozi» instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25
fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4210-sonli qarori talablari asosida qo‘llaniladi.
14. Savdo-sanoat palatasi va Davlat xizmatlari agentligining Jahon banki va Xalqaro
moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotining har bir indikatori bo‘yicha batafsil
ma’lumotlar aks etgan maxsus portal sifatida Internet tarmog‘idagi businessinfo.uz saytidan
foydalanish va uni doimiy yangilab borish haqidagi taklifi ma’qullansin.
15. Davlat xizmatlari agentligi 2020 yil 1 aprelga qadar o‘zining rasmiy veb-saytida
davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini avtomatik ravishda, shu jumladan ko‘rib chiqish
muddatlari buzilgan arizalar va mas’ul idoralar to‘g‘risida ochiq ma’lumotlarni real vaqt rejimida
aks ettiruvchi bo‘lim yaratsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va
sanoat vazirligining 2020 yil mart oyida o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi
doirasida xalqaro hamjamiyat va xorijiy investorlarni O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari
bilan keng tanishtirish hamda respublikaning «Biznes yuritish» reytingidagi o‘rnini yanada
yaxshilash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan alohida seksiya panelini tashkil etish
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
17. «Biznes yuritish» yillik hisoboti indikatorlari uchun mas’ul vazirlik va idoralar 2020
yil 1 yanvarga qadar tegishli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, ularning amaliyotga tatbiq
etilishini asoslovchi dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat tahliliy materiallarni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-
sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga bir oy muddatda Jahon banki va
Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotining har bir indikatori
bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish rejasini
tasdiqlasin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda qonun
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni
mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya
vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |