Manba: G. Saidova “Modernizastiya, texnicheskoe obnovlenie i diversifikastiya proizvodstva, shirokoe vnedrenie innovastionnыx texnologiy – neobxodimoe uslovie vыxoda Uzbekistana na novыe rubeji na mirovom rыnke” elektron darslikdan, Toshkent-2009
Rossiyada ishsizlik darajasi oshganligi tufayli 2009 yilning yanvaridan boshlab migrantlarga 50 foiz cheklov o’rnatildi. Bu esa, O’zbekistonga kirib kelayotgan pul o’tkazmalari miqdorining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayni paytda migrantlarning O’zbekistonga pul o’tkazmalari miqdori qariyb 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi12. Shuningdek, O’zbekiston jalb qilgan xalqaro kreditlarning asosiy qismi suzuvchi stavkali kreditlardir. Inqiroz davrida kreditlar bahosining qimmatlashuvi tashqi kreditlarga xizmat ko’rsatishni qiyinlashtirishi mumkin.