Malakaviy amaliyot hisobotimning predmeti - mamlakatimiz bank tizimining a’zolari ya’ni tijorat banklari, ularning bo’limlari, filiallarining ish faoliyati hamda hisobotlari va ularda amalga oshirilgan operatsiyalar va ularning natijalari hisoblanadi.
Malakaviy amaliyot hisobotimning tarkibiy tuzilishi: Hisobot kirish, asosiy qismida 5 ta reja va xulosadan iborat.
1. “Agrobank”ATBning tashkil etilish tarixi va vazifasi Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi
1988 yil - Bank 1988- yil 1- yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Mahkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan holda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksionerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keredit linyasini jalb etish bo'yicha bitim imzoladi.