Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


ATB “Agrobank” tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə7/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Marjona hisobot

4. ATB “Agrobank” tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili

ATB ‘’Agrobank’’ ida xorijiy valyuta bilan bog‘liq operatsiyalarni valyuta amaliyotlari bo‘limi shug‘ullanadi. Asosan ATB ‘’Agrobank’’ i xorijiy valyutalaridan Rossiya rubli, AQSH dollari, yapon iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi, qozoq tengesi bilan operatsiyalar olib boradi.Tovarlar va xizmatlarni markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 50 foizi, markazlashtirilgan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 100 foizi vakolatli banklarga majburiy sotilishi kerak. Mijozlarninghisobvaraqlariga tovarlar va xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushum kelib tushganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: Valyutadagi bosh kitobda:
1. Dt 10501- “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari- Ностро”,
2. Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”-eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i.
Mijozlarning chet el valyutasidagi eksport tushumlaridan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda 50 foizi majburiy sotilgandan so'ng valyuta mablag'larining qolgan qismi ulaming joriy valyuta hisobvarag'iga o'tkaziladi: Valyutadagi bosh kitobda:

1. Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” - eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i -eksport tushumining 100 foiz summasi,



  1. Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” - eksportchi korxonaning joriy valyutadagi hisobvarag'i —eksport tushumining 50 foiz summasi,

  2. Kt 17101- "Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari - majburiy sotish uchun ajratilgan eksport tushumining 50 foiz summasi.

So'mdagi bosh kitobda:

  1. Dt 17101-"Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari,

  2. Kt -Eksportchikorxonaningso'mdagihisobvarag'i - majburiysotishdankelibtushgansummasi.

Vakolatli banklar tomonidan valyuta tushumining bir qismi korxonalar tomonidan majburiy sotilishi tartibida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag'lar belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalami amalga oshirish uchun foydalaniladi.


Markaziy bank tomonidan korxonalar tomonidan chet el valyutasidagi tushumning majburiy sotilishi tartibida sotib olingan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralariga o'tkaziladi, uning balansida hisobga olinadi va O'zbekiston Respublika valyuta birjasida sotish yo'li bilan milliy valyutani barqarorlashtirishtadbirlariga sarflanadi. Vakolatli banklar tomonidan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan eksport bo'yicha valyuta tushumini o'tkazish bo'yicha operatsiyalami hisobga olish va majburiy sotishni amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
ATB “Agrobank’’ o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarnibajarishda hamkor hisoblanadi:


  • “TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va sotish;


  • naqd xorijiy valyutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish;


  • mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish;


  • belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish;


  • erkin almashtiriladigan valyutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida banklararo kreditlarni jalb qilish.





Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin