Kirish Asosiy qism: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha



Yüklə 37,24 Kb.
səhifə5/6
tarix28.04.2023
ölçüsü37,24 Kb.
#104412
1   2   3   4   5   6
7m

Server - bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko'rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga uzining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, FTP, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz - Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo'lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya'ni bir necha serverning mijozi bo'lishi mumkin.
Marshrutlashtiruvchi -Marshrutlashtiruvchi Internetda ma'lumotlar oqimini qulay va yaqin yo'l bilan manzilga etkazishni amalga oshiruvchi programmalar majmuidir.
Shlyuz - (Gateway) ma'lumotlarni uzatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz bu programmalar majmuidir. Bunda shlyuz maksadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo'lsa, bo'ldi xolos. Demak, ilgaridan kompyuter tarmog'ingizda biror sistema bilan ishlab kelayotgan bo'lsangiz, uni Internetga ulamoqchi bo'lsangiz ana shunday shlyuz programmani o'rnatsangiz etarli.
Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta'minlovchi tizim. Proxy server odatda ko'p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba'zi bir ma'lumotlarga ko'pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo'lgani uchun) sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik murojaat kiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.
Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o'rnatishda e'tiborga olinishi zarur. Xozirda ko'p Internet ma'lumotlarni ko'rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi.


  1. Xulosa

Internet bir - biriga bog'langan kompyuterlar yagona tarmog'idir. Kompyuterlar bir biri bilan qanday bog'lanadi degan savol tugilishi tabiiydir. Internetga bog'lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog'lanish turlari o'zaro imkoniyatlari va ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Malumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi. Internet tarixi o'zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.



  1. Yüklə 37,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin