Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə37/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
амалиёт

Jinslarning rangi:
Cho'kindi jinslar rang-barang bo'lib, oqdan tim qoragacha o'zgaradi. Jinslarning rangi ularni aniqlashda muhim belgi bo'lib hisoblanadi. Jinslarning rangi quyidagilarga: 1) jinsni hosil qilgan mineralning rangiga; 2) jinsdagi siyrak aralashmalarning va sementning rangiga; 3) ko'pincha jinsni tashkil etuvchi mineral donachalarni o'rab olgan juda yupqa parda rangiga bog'liqdir.
Oq va och ranglar odatda cho'kindi jinslarni tashkil etgan asosiy minerallar (kvars, kalsit, dolomit, kao­linit va boshqalar) dan kelib chiqadi. Bu esa jinsning ma'lum darajada tozaligidan dalolat beradi. To'q-kulrang va qora ranglar ko'pincha ko'mirsimon moddalar, ba'zan marganes va temir birikmalari aralashmasidan kelib chiqadi. Qizil va pushti ranglar, odatda jinsda te­mir oksidi aralashgan bo'lishiga bog'liq. Bunday ranglar odatda issiq iqlim sharoitida nurash natijasida yuzaga kelganligidan darak beradi. Yashil rang glaukonit, ba'zan xlorit, malaxit va boshqa yashil minerallarning borligidan darak beradi. Sariq va qo'ng'ir ranglar jinsda limonit minerali borligini ko'rsatadi.
Ko'pincha jinslarning rangini aniqlash uchun qo'shimcha belgilarni qo'llash kerak. Masalan, yashil-kulrang, limondek sariq, shishadek ko'k, jigarrang, qo'ng'ir, go'shtsimon qizil, havorang va hokazo. Shuning bilan bir vaqt­da asosiy rangini ikkinchi o'ringa qo'yish kerak.
Masalan, go'shtsimon qizil qumtosh, buning ma'nosi qumtosh qizil bo'lib, go'shtdek tusda degan so'zdir.
Jinslarning rangini uchta so'z bilan (masalan, ko'kimtir-yashil-kulrang deb) belgilash to'g'ri emas, bunday ta'rif to'liq tushuncha bermaydi va ko'pincha o'quvchini adashtiradi. Ranglarning tasviri ko'p bo'lmasligi, lekin yetarli darajada mukammal aniq bo'lishi kerak, chunki bu narsalar keyinchalik juda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Qazilma jimjimasi (to'lqin izi). Kam suvli joylarda to'plangan cho'kindilar shamol ta'sirida qiyshiq qatlamlanishdan tashqari to'lqin izlarini - jimjimalarni hosil qiladi. Cho'qqilari yassi-simmetrik bo'lmagan shamol jimjimasi va shamol yuzasiga o'xshagan, lekin amplitudasi kattaroq 1:4 dan 1:10 gacha bo'ladigan oqim izi jimjimasi simmetrik va o'tkir uchi bilan farq qiladigan to'lqin izi bordir.
Jimjimaning tabiatini to'g'ri tasvirlash uning qanday sharoitda paydo bo'lganini aniqlashda qo'l keladi. Shuning uchun jimjimani tasvirlash vaqtida uning rasmini chizish yoki suratga olish lozim bo'ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin