Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


Aralash tarkibli karbonat tog' jinslari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə42/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
амалиёт

Aralash tarkibli karbonat tog' jinslari
Tabiatda kamdan-kam toza dolomit va ohaktoshlar uchraydi. Odatda ohaktosh asta-sekin do­lomit, gil va kremenlarga o'tib boradi.
Aralash jinslardan mergelga to'xtalib o'tamiz. U mayda donali, yumshoq, ayrim hollarda qattiq jins bo'lib, rangi oq, sarg'ish kul­rang, yashil kulrang, ayrim hollarlda to'q kulrang bo'ladi. Mergel pelitomorf yoki mayda donali kalsit va gil (50-70%) minerallaridan (mont­morillonit, gidroslyuda) tashkil topgan. Ayrim hollarda opal, glau­konit, seolitlar, barit va pirit bo'lishi mumkin. Mergellar qalin qatlamlar hosil qiladi. Ular ohaktosh, bo'r, dolomit, gillar bilan ketma-ket qatlamlar hosil qiladi.
Karbonat tog' jinslarining hosil bo'lishi. Ohaktoshlar dengizning qirg'oqqa yaqin sayoz (organogen, bo'lakli, oolitli turlari ) va dengizning chuqur qismida ( mikrodonali turi ) hosil bo'ladi. Dolomit­larning hosil bo'lishi to'liq aniqlanmagan. Shubhasiz, dolomitlar turli sharoitda hosil bo'lgan: Kimyoviy usul bilan dolomit birikmalari suvning sho'rligi ortgan laguna va ko'rfazlarda cho'kmaga tushadi va dia­genez bosqichida ohak cho'kmalari dolomitlanib dolomit hosil bo'ladi.
Karbonat tog' jinslarining amaliy ahamiyati. Ohaktoshlarning xalq xo'jaligida ahamiyati katta bo'lib, ular metallurgiya sanoatida me­tallarni zararli qo'shimchalardan tozalashda flyus sifatida ishlatila­di, yana qurilish materiallari sifatida, kimyo, shisha va boshqa sa­noat sohalarida keng qo'llaniladi. Ohaktoshning gilli turidan sement tayyorlanadi. Dolomitlar o'tga chidamli materiallarni tayyorlash­da, metallurgiya, sement, shisha va keramika sanoatida ishlatiladi.
Kremniyli tog’ jinslari
Kremniyli tog' jinslari deb kremniy minerallaridan tashkil topgan tog' jinslariga aytiladi. Ular kimyoviy jinslar orasida keng tarqalgan bo'lib, karbonatlardan keyingi o'rinda turadi. Kremniyli jinslar opal (SiO2nH2O), xalsedon, kvarsdan (SiO2) tashkil top­gan. Qo'shimcha minerallardan bo'lakli kvars, glaukonit, temir va mar­ganesni oksidlari va organizm qoldiqlari uchraydi.
Yosh kremniyli tog' jinslari asosan opaldan tashkil topgan. Yura va trias davrlarida hosil bo'lgan jinslarda ko'proq xalsedon, pa­leozoy jinslarida kvars-xalsedon, kvars, kembriy davrigacha bo'lgan jins­larda kvars uchraydi. Cho'kmaga tushgan opal sekin-asta qayta kris­tallangani uchun jinslarning tarkibi o'zgaradi va xalsedon va kvarsga o'tadi. Kremniyli jinslar qatlam, linza, jelvaklar va konkretsiyalar hosil qiladi.
Kremniyli jinslarning tasnifi ularning genezisi va mineral tarkibiga asoslanadi. Ular hosil bo'lishiga ko'ra kimyoviy va organogen turlarga bo'linadi.
Kimyoviy kremniy jinslariga kremenlar, kremniyli tuflar, geyzeritlar kiradi.
Kremniyli tuflar va geyzeritlar opal tarkibli tog' jinslari bo'lib, yer osti suvlari va geyzerlarga yaqin yerlarda uchraydi. Issiq buloqlar va geyzerlar vulqon faoliyati bilan bog'langan bo'lib, asosan Kamchatka va Islandiyada uchraydi. Yerning chuqur qismida yuqori harorat va katta bosimda kremnezyom eritma hosil qiladi. Suvli eritmalar yer yuziga chiqqanida harorat va bosimning keskin pasayishi natijasida kremnezem cho'kmaga tushadi. Kremniyli tuflar Zakavkazyeda va Kavkazda issiq mineral buloqlar rivojlangan hududlarda tarqalgan.
Kremen konkretsiyalari yoki kremen tog' jinsi zich, mustahkam bo'lib chig'anoqsimon sinadi. U kulrang bo'lib, ko'mir zarrachalari hi­sobiga to'q kulrang va qora rangli bo'lishi mumkin. Kremen kimyoviy cho'kindi jinslar orasida keng rivojlangan bo'lib ohaktosh, bo'r va mergellar ichida keng tarqalgan. Jins tarkibida opal, opal-xalsedon, xalsedon, xalsedon-kvars yoki kvars uchraydi. Kremenning strukturasi afanitli, teksturasi tartibsiz va qatlamli. U qatlam va linzalarni hosil qiladi.
Organogen kremniy jinslariga yashma, diatomit, trepel va opokalar kiradi. Yashma xalsedon, kvars-xalsedon tarkibli jins bo'lib, ayrim hollarda opal ham uchrashi mumkin. Jins tashkil qiluvchi asosiy mineral­lardan tashqari yashmada ma'lum miqdorda qo'shimcha minerallar ham uch­raydi: temir oksidlari va gidrooksidlari, gil minerallari, xlo­ritlar. Jinsda ma'lum miqdorda kremnezyom tarkibli organizmlar (radiolyariy, gubkalarning spikuli) uchrashi mumkin. Yashma kulrang, qo'ng'ir, jigarrang, qizil, qora rangli. Jinsning rangi qo'shimchalarga bog'liq.
Diatomit opal tarkibli jins bo'lib, uning asosiy qismini dia­tomit suv o'simliklari (70-80%) tashkil qiladi. Jins tarkibida gla­ukonit, gil zarrachalari ham uchrashi mumkin. Diatomitning rangi oq bo'lib, tashqi ko'rinishi bo'rga o'xshash, qo'lga yuqadi, suvni singdirib oladi. Jins teksturasi ko'pincha qatlamli, mikroqatlamli.
Trepel va opoka. Bu jinslar kulrang, och kulrang, ayrim hol­larda oppoq bo'lib, bo'r va kaolinni eslatadi. Ular bir-birlaridan zichligi bilan farq qiladi. Trepelning zichligi 0,7-1,4, opokaniki 1,1-1,8 gr/sm3. Tog' jinslari opal va kristobolitdan tashkil top­gan. Ularda ma'lum miqdorda diatomit suv o'simligining va kremniy­li gubkalarning spikullarini qoldiqlari bo'ladi. Ma'lum miqdorda qo'shimcha minerallardan kalsit, glaukonit va har xil terrigen mi­nerallar uchrashi mumkin. Trepel va opoka karbonat va bo'lakli jins­larning orasida har xil qalinlikdagi qatlam va linzalar holida uchraydi.
Kremniyli tog' jinslari asosan dengiz, biroz kontinental sha­roitda hosil bo'ladi. Tog' jinslari va vulqon materiallarining kimyoviy nurashidan ajralib chiqqan kremnezyom kremniyli jinslarning hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Kremnezyom organizmlarning hayot faoliyati davomida o'zlashtirib olinishi, daryo va dengiz suvlarining qo'shilishi jarayonida kolloidlarning kaogulyatsiyalanishi natijasija cho'kmaga tushadi. Opal tarkibli jinslar vaqt o'tishi bilan qayta kristallanib, xalsedonga, u esa kvarsli jinslarga o'tadi.
1. Alyuminiy jinslari necha turga bo'linadi?
2. Boksitni ta'riflab bering.
3. Karbonatlar mineral tarkibi va hosil bo'lishiga qarab necha turga
bo'linadi?
4. Ohaktoshni ta’riflab bering.
5. Ohaktosh qaysi yo'l bilan hosil bo'ladi?

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin