Aralash tarkibli karbonat tog' jinslari Tabiatda kamdan-kam toza dolomit va ohaktoshlar uchraydi. Odatda ohaktosh asta-sekin dolomit, gil va kremenlarga o'tib boradi.
Aralash jinslardan mergelga to'xtalib o'tamiz. U mayda donali, yumshoq, ayrim hollarda qattiq jins bo'lib, rangi oq, sarg'ish kulrang, yashil kulrang, ayrim hollarlda to'q kulrang bo'ladi. Mergel pelitomorf yoki mayda donali kalsit va gil (50-70%) minerallaridan (montmorillonit, gidroslyuda) tashkil topgan. Ayrim hollarda opal, glaukonit, seolitlar, barit va pirit bo'lishi mumkin. Mergellar qalin qatlamlar hosil qiladi. Ular ohaktosh, bo'r, dolomit, gillar bilan ketma-ket qatlamlar hosil qiladi.
Karbonat tog' jinslarining hosil bo'lishi. Ohaktoshlar dengizning qirg'oqqa yaqin sayoz (organogen, bo'lakli, oolitli turlari ) va dengizning chuqur qismida ( mikrodonali turi ) hosil bo'ladi. Dolomitlarning hosil bo'lishi to'liq aniqlanmagan. Shubhasiz, dolomitlar turli sharoitda hosil bo'lgan: Kimyoviy usul bilan dolomit birikmalari suvning sho'rligi ortgan laguna va ko'rfazlarda cho'kmaga tushadi va diagenez bosqichida ohak cho'kmalari dolomitlanib dolomit hosil bo'ladi.
Karbonat tog' jinslarining amaliy ahamiyati. Ohaktoshlarning xalq xo'jaligida ahamiyati katta bo'lib, ular metallurgiya sanoatida metallarni zararli qo'shimchalardan tozalashda flyus sifatida ishlatiladi, yana qurilish materiallari sifatida, kimyo, shisha va boshqa sanoat sohalarida keng qo'llaniladi. Ohaktoshning gilli turidan sement tayyorlanadi. Dolomitlar o'tga chidamli materiallarni tayyorlashda, metallurgiya, sement, shisha va keramika sanoatida ishlatiladi.
Kremniyli tog’ jinslari Kremniyli tog' jinslari deb kremniy minerallaridan tashkil topgan tog' jinslariga aytiladi. Ular kimyoviy jinslar orasida keng tarqalgan bo'lib, karbonatlardan keyingi o'rinda turadi. Kremniyli jinslar opal (SiO2nH2O), xalsedon, kvarsdan (SiO2) tashkil topgan. Qo'shimcha minerallardan bo'lakli kvars, glaukonit, temir va marganesni oksidlari va organizm qoldiqlari uchraydi.
Yosh kremniyli tog' jinslari asosan opaldan tashkil topgan. Yura va trias davrlarida hosil bo'lgan jinslarda ko'proq xalsedon, paleozoy jinslarida kvars-xalsedon, kvars, kembriy davrigacha bo'lgan jinslarda kvars uchraydi. Cho'kmaga tushgan opal sekin-asta qayta kristallangani uchun jinslarning tarkibi o'zgaradi va xalsedon va kvarsga o'tadi. Kremniyli jinslar qatlam, linza, jelvaklar va konkretsiyalar hosil qiladi.
Kremniyli jinslarning tasnifi ularning genezisi va mineral tarkibiga asoslanadi. Ular hosil bo'lishiga ko'ra kimyoviy va organogen turlarga bo'linadi.
Kimyoviy kremniy jinslariga kremenlar, kremniyli tuflar, geyzeritlar kiradi.
Kremniyli tuflar va geyzeritlar opal tarkibli tog' jinslari bo'lib, yer osti suvlari va geyzerlarga yaqin yerlarda uchraydi. Issiq buloqlar va geyzerlar vulqon faoliyati bilan bog'langan bo'lib, asosan Kamchatka va Islandiyada uchraydi. Yerning chuqur qismida yuqori harorat va katta bosimda kremnezyom eritma hosil qiladi. Suvli eritmalar yer yuziga chiqqanida harorat va bosimning keskin pasayishi natijasida kremnezem cho'kmaga tushadi. Kremniyli tuflar Zakavkazyeda va Kavkazda issiq mineral buloqlar rivojlangan hududlarda tarqalgan.
Kremen konkretsiyalari yoki kremen tog' jinsi zich, mustahkam bo'lib chig'anoqsimon sinadi. U kulrang bo'lib, ko'mir zarrachalari hisobiga to'q kulrang va qora rangli bo'lishi mumkin. Kremen kimyoviy cho'kindi jinslar orasida keng rivojlangan bo'lib ohaktosh, bo'r va mergellar ichida keng tarqalgan. Jins tarkibida opal, opal-xalsedon, xalsedon, xalsedon-kvars yok