Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə44/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
амалиёт

Amaliy ahamiyati. Cho'kindi temir jinslari qora metallurgiya uchun asosiy xomashyodir. Eng sifatli ma'dan temir jeleznyagi va siderit hisoblanadi. Temirning ayrim oksidli birikmalari mineral bo'yoqlarni tayyorlashda ishlatiladi. Yirik temir konlari: Kursk magnit anomaliyasi, Krivoy rog (jespelit), Kerch (qo'ng'ir jeleznyak), Uraldagi Baykal koni (siderit).
Galoidli va sulfatli jinslarning hosil bo'lish sharoitlari bir-biriga o'xshash bo'lib, tarkibi turlichadir. Bu jinslar orasida oshtuz, gips va angidridlar keng tarqalgan.
Galit (oshtuz). Oshtuz (galit) jinslarda to'la donador, kristallangan yoki yaxlit quyma ko'rinishda uchraydi. Uning rangi aralashmalarga qarab oq, havorang, pushti, qizil va qora bo'lishi mumkin. Ta'mi sho'r, suvda oson eriydi, solishtirma og'irligi 2,1 g/sm3. Oshtuz ancha qalin uyumlar va aralashmalar ko'rinishida uchraydi. Oshtuz qatlamining qalinligi 10-15 m va undan ko'p bo'ladi.
Oshtuz aralashgan jinslar odatda sho'r bo'ladi va ular nurashga uchraganda jinsning yuzasida tuz gardi (sho'ri) hosil bo'ladi. Ko'pincha qumlar, gil va tuproqlar sho'rlanadi. Oshtuz ovqat tayyorlashda ishlatilganligidan osh tuzi deb yuritiladi. Osh tuzi arid iqlim sharoitida joylashgan ko'l va lagunalarda bo'ladi.
Gips. Gips tabiatda xuddi toshtuz singari donador kristallangan uyumlar ko'rinishida uchraydi. Gipsning qattiqligi kichik bo'lib, Moos shkalasida etalon sifatida 2- o'rindadir. Solishtirma og'irligi 2,2-2,4 g/sm3. Rangi aralashmalarning tarkibi va miqdoriga qarab xilma-xil. Toza gips qordek oq, och-kulrang yoki pushti rangda bo'ladi. Gips gil, qumtosh va boshqa cho'kindi jin­slar orasida mayda, siyrak donalar yoki ayrim kristallar druzasi (shodasi) shaklida ham ko'p uchraydi. Gips ko'pincha bo'shliqlarda - yoriq, g'ovaklarda aylanib yuradigan eritmalardan ajralib chiqadi, shunda o'sha bo'shliqlarning devori uning kristallari bilan qoplanadi.
Angidrit. U kulrang yoki havorang zich jinsdir. Bu belgilari angidritni boshqa jinslardan ro'yirost ajratib turadi. Angidridga uning 200-300 metr chuqurlikda uchrashi va ba'zan yer yuzasiga chiqib qolsa, u gipsga o'tadi. Odatda angidritning gidratlanish jarayoni, ya'ni CaSO4 (angidrit) molekulasiga ikki molekula suv qo'shilishi tabiiy sharoitlarda juda tez sodir bo'ladi, natijada gips CaSO4•2H2O hosil bo'ladi. Bunday vaqtlarda jinsning hajmi kengayib burmalanadi va g'ijimlangan qat-qatli tekstura hosil bo'ladi. Angidritning solishtirma og'irligi 2,9-3,1 g/sm3 va qattiqligi 2,5-3,0.
Angidrit asosan gipsning chuqurlikda suvsizlanishi natijasida, kamroq esa gips va toshtuz kabi tuz hosil qiluvchi maxsus suv havzalarida ma'lum sharoitda hosil bo'ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin