Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə47/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
амалиёт

FOSFORLI TOG' JINSLARI
Fosforli tog' jinslari ( fosforitlar ) deb tarkibida anchagi­na (P2O5 > 10%) fosfor besh oksidi bo'lgan jinslarga aytiladi. Ular cho'kindi jinslar orasida ozroq rivojlangan. Fosforitlarda fosfor minerallaridan gidroksil apatit (Ca5 ∙(PO4)∙3(OH), ftorapatit ((Ca5(PO4)3)F), hamda amorf fosfat-kollofanit (Ca n(FO4) m(OH) va boshqa minerallar uchraydi. Odatda bu minerallarning miqdori 35-40% ga yetadi. Fosforitlarning tarkibida qo'shimcha sifatida gilsimon mi­nerallar, kalsit, magnezit, bo'lakli minerallar (0,01-2 mm), opal, xalsedon, pirit va boshqa minerallar bo'lishi mumkin. Ularning tarkibida uchraydigan qo'shimchalarga qarab ular har xil cho'kindi jinslarga - qumtosh, alevrolit, gil, ohaktosh va kremenlarga o'xshash bo'lishi mumkin.
Fosforitlar odatda qora, kulrang, jigarrang, kulrang-yashil va oq bo'ladi. Jinslarning rangi asosan qo'shimchalarning tarkibiga bog'liq, toza fosforit oq ranglidir.
Fosforli tog' jinslari hosil bo'lish joyiga ko'ra dengiz va kontinental, yotish holatiga ko'ra qatlamli va konkretsion turlarga bo'linadi. Fosforitlar qatlamli, konkretsion-nursimon va konkretsion­ jelvakli teksturaga ega. Jinsning strukturasi har xil bo'lib, ularning ichida alevro-pelit, peschano-alevrit, biogen, oolit tur­lari keng rivojlangan. Bo'lakli jinslarda fosfat birikmalari ko'pincha sement yoki donalarning bo'lagi shaklida uchraydi, gilli va or­ganogen jinslarda fosfatlar organizm qoldiqlari-chig'anoqlar, baliqlarning tishi va suyaklarida uchraydi.
Qatlamli fosforitlar qora rangli bo'lib, qumtoshlarni eslatadi. Jins tashkil qiluvchi donalar diagenez jarayonida fosfatlarni kon­sentrik qobig'i bilan qoplanadi. Donalarning katta-kichikligi aso­san 0,1-1 mm bo'lib, ular sharsimon, oolit yoki noto'g'ri shaklda uch­raydi. Fosforit qatlamla­rining qalinligi metrning ulushidan 15-17 metrgacha bo'ladi.
Gil jinslari ichida uchraydigan konkretsion-nursimon fosfo­ritlar sharsimon shaklga ega bo'lib, ularning kattaligi 20 santi­metrga yetishi mumkin. Ularning o'rta qismida bo'shliq borligini yoki sulfid minerallari bilan to'ldirilganligini ko'rish mumkin.
Fosforitlarning hosil bo'lishi to'g'risida har xil fikrlar mavjud. Ularning hosil bo'lish sharoitini ko'pchilik mutaxassislar fauna va flora­larning hayot faoliyati bilan bog'laydilar.
Konkretsion fosforitlar diagenez jarayonida fosforni o'zlashtirib olgan organizmlar qoldiqlariga boy bo'lgan gillarda hosil bo'lishi mumkin.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, ko'pchilik organizmlar ( masa­lan, baliqlar)ning bir vaqtda qirilishi, fosforit konlarining yemirilishi, nurash mahsulotlarining qayta yotqizilishi va tarkibida fosfor bo'lgan suvlar hisobiga fosforit yotqiziqlari hosil bo'lishi mumkin.
Fosforitlar mineral o'g'itlarni tayyorlash uchun asosiy xomashyo­dir. Ular yana kimyo sanoatida fosfor va uning birikmalarini olishda ishlatiladi.
Fosforit konlari Qozog'istonda (Karatau), Ukrainada (Mogi­lev, Podolskiy viloyatlarida), Kursk, Moskva, Kostroma, Ivanova, Chelyabinsk viloyatlarida va O'zbekistonda topilgan.
1. Temir jinslari necha turga bo’linadi?
2. Temir jinslarini ta'riflab bering.
3. Fosforitlarga qanday jinslar misol bo'ladi?
21. Fosforitlarning qanday turlari mavjud?



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin