Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə49/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
амалиёт

Gomeblastli strukturaga jins tashkil qiluvchi minerallar o'lchamining ozmi - ko'pmi bir xilligi xosdir.
Geteroblastli strukturaga jins tashkil qiluvchi minerallar o'lchamining har xilligi xosdir.
Granoblastli strukturada jins minerallari ma'lum miqdorda izometrik shaklga egadir. Minerallarning formasi har xil bo'ladi: dumaloq, poliedrik, buxtasimon va arrasimon.
Rogovikli struktura rogoviklarga xosdir. Unga mineral donalari shakli arrasimonligi va minerallar to'plam holida uchrashi xosdir. Bu strukturaga ayrim holda geteroblastli va poykiloblastli tuzilish xosdir.
Lepidoblastli strukturada minerallarning asosiy qismiga tangasimon va plastinkali shaklda bo'lishligi xosdir. Cheshuykali minerallar slanes yo’nalishiga parallel holda rivojlangan bo'ladi.
Minerallarning o'lchami bo'yicha struktura dag'al, mayda, mikroblastli turlarga bo'linadi. Lepidoblastli struktura gomeblastli va geteroblastli bo'lishi mumkin.
Nematoblastli struktura. Ayrim minerallar (Kuznetsov Е.A. bo'yicha) prizma bo'yicha uzun kristallarni hosil qilishga moyildir. Minerallar bir yo'nalishda joylashadi. Bekkeni fikricha nematoblastli strukturada tolali minerallar chalkash agregatlarni hosil qiladi.
Fibroblastli stuktura. Bu struktura nematoblastli strukturadan jinsni uzun tolali minerallardan tashkil topganligi bilan farq qiladi. Halqasimon struktura serpentinitlarga xosdir.
Jinsda ko'p miqdorda yo'nalgan halqalar bo'ladi, serpentindan tashkil topgan yo'llar har xil tomonga yo'nalganligi xosdir. Yo'llar tolasimon tuzilgan serpentindan tashkil topgan.
Poykiloblastli struktura. Bu strukturada yirik minerallar ichida ko'p miqdorda mayda mineral donalarini o'z ichiga olgan bo'ladi.
Brekchiyasimon strukturali jinslarga qirrali bo'laklarning borligi xosdir. Sementlovchi moddalar bo'laklardan strukturasi va hosil bo'lishi bilan farq qiladi.
Kataklastik struktura. Bu struktura jinslarga mexanik kuchlar ta'sirida hosil bo'ladi. Unda minerallar buralgan va maydalangan bo'ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin