Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə51/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
амалиёт

Nazorat savollari:
1. Metamorfik tog' jinslari qaysi omillar hisobiga hosil bo’ladi?
2. Metamorfik tog' jinslari kelib chiqishiga qarab necha turga
bo'linadi?
3. Metamorfizm zonalarini ta’riflab bering.
4. Metamorfik tog' jinslarining qanday struktura turlari mavjud?
5. Metamorfik tog' jinslarining qanday tekstura turlari mavjud?
6. Metamorfik tog' jinslarining tasnifini tushuntirib bering.


13-AMALIY MASHG’ULOT


METOMORFIK TOG’ JINSLARINING TASNIFI
REGIONAL VA KONTAKT METAMORFIZM JINSLARI JINSLARI
Regional metamorfizm jinslari
Katta hududda sodir bo'lgan, ya’ni keng tarqalgan dinamotermal metamorfizmga regional metamorfizm deyiladi. Regional metamorfizmga uchragan hududlarida metamorfik jinslarning bir xil rivojlanganligi va metamorfik omillar (bosim va harorat)ning bir xilligi xosdir. Katta hududlarda jins tashkil qiluvchi minerallarning ma'lum assotsiatsiyasi xos bo'lib, ular fizik-kimyoviy sharoitning doimiyligini ko'rsatadi.
Quyida regional metamorfizm fatsiyalari va uning jarayonida hosil bo'lgan asosiy jinslarning ta'rifi keltirilgan.


Yashil slaneslar fatsiyasining jinslari. Bu fatsiya jinslari quyidagi termodinamik sharoitda hosil bo'ladi. Harorat 4000 C gacha, bosim 4000 atm. gacha bo'ladi. Slaneslarga jins tashkil qiluvchi minerallarni ma'lum yo'nalishda joylashganligi xosdir. Jinsning teksturasi slanessimon, strukturasi lepidoblastli, ayrim hollarda grano-lepidoblastli. Ular hosil bo'lishiga ko'ra paraslanes va ortoslanesga bo'linadi.
Metamorfizmning boshlang'ich bosqichida gillar gilli slanesga o'tadi. Jinsda xlorit, seritsit, kvars va boshqa minerallar hosil bo'ladi. Jinsda gilli massa ma'lum miqdorda saqlanib qoladi. Jinsning strukturasi blastopelitli.
Metamorfizm darajasi ko'payishi bilan gilli slanes fillitga o'tadi. Fillitlar mayin cheshuykali, yupqa qatlamli jins. Jins ko'p miqdorda seritsit va xloritning bo'lishi hisobiga slaneslanish tekisligi bo'yicha ipaksimon yaltiraydi. Jinsni rangi kumushsimon-oq, yashil-ko'k, grafit bo'lsa, u to'q kulrang va qora bo'ladi. Jins tarkibida yana kvars, kalsit, dolomit, granat uchraydi.
Yashil jinslar va yashil slaneslar o'rta va asos magmatik tog' (andezit, bazalt, diorit, gabbro) jinslarining o'zgarishi hisobiga hosil bo'ladi. Bu jinslarda o'rta va asos plagioklazlar, albit, rangli minerallar xlorit, aktinolit, kalsit bilan o'rin almashinadi. Jinslar teksturasi massiv va slanessimon, strukturasi lepidoblastli va nematoblastli. Ularda qoldiq tekstura va struktura uchrashi mumkin.
Epidot- amfibolit fatsiyasining jinslari harorat 500-6500C va bosim 7500-10000 atm. bo'lganda hosil bo'ladi. Bu sharoitda oddiy rogovaya obmanka, biotit, epidot, o'rta plagioklaz, andaluzit, sillimonit, stavrolit, granat (almandin) barqaror bo'ladi.
Metamorfizmning bu bosqichida fillit slyudali slanesga o'tadi. U metamorfik jinslar orasida keng tarqalgan bo'lib, para- va ortojinslardir. Jins slaneslanish tekisligi bo'yicha kumushsimon va oltinsimon yaltiraydi. Ularning yaltirashi jinsda biotit va muskovitning uchrashiga bog'liqdir. Jinsda yana kvars, kamroq albit, epidot, granat, gematit, kianit yoki sillimonit va boshqalar uchraydi.
Magmatik tog' jinslari regional metamorfizmga uchraganda, bir vaqtning o'zida jinslar kuchli seritsitlashadi va kvarslashadi. Metamorfik jarayonlar kuchli rivojlansa, dala shpatlar to'liq o'zgarib, ularning o'rniga seritsit-kvarsli, kvars-xlorit va boshqa slaneslar hosil bo'ladi.
Birlamchi jinsning tarkibiga va termodinamik sharoitga qarab, slaneslarda yuqorida keltirilgan minerallardan tashqari yana talk, rogovaya obmanka, soizit, stilpnomelan, xloritoid, glaukofan, jadeit, lavsonit va boshqa minerallar uchraydi.
Kvarsli qumtoshlar va kremenlar kvarsitsimon slaneslarga va kvarsitlarga o'tadi. Ular kvars donalari va ikkilamchi minerallardan tashkil topgan.
Granit va arkozli qumtoshlar hisobiga slyudali slaneslar, kvars, muskovit, dala shpatli jinslar rivojlanadi. Ularga granoblast va gomeoblastli strukturalar xosdir.
Ohaktoshlar marmarga aylanadi. Ularga granoblastli struktura va massiv teksturalar xosdir.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin