Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə52/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
амалиёт

Amfibolit fatsiyasining jinslari. Bu fatsiya jinslari quyidagi sharoitda harorat T=650-8000 C, P=4000-8000 atm. bo’lganda hosil bo’ladi. Bu sharoitda barqaror minerallar oddiy rogovaya obmanka, kordierit, stavrolit, biotit, granat, plagioklaz bo'lib, yana natriy-kaliy shpatli dala shpatlari paydo bo'la boshlaydi. Amfibolit fatsiyasi sharoitida jinslar qisman erib (anateksis) granit magmasining hosil qiladi. Ular migmatitlarning hosil bo'lishiga olib keladi.
Amfibolit fatsiyasi sharoitida gneys, amfibolit, migmatit, marmarlar hosil bo'ladi.
Gneys slavyancha «gnus» so'zidan olingan bo'lib, «chirigan» ma'nosini bildiradi. Jinsni tashkil qiluvchi minerallar ma'lum darajada parallel joylashgan bo'lib, yo'l-yo'l-gneyssimon teksturani tashkil qiladi. Rangli va rangsiz minerallar alohida-alohida yo'llarni tashkil qiladi. Gneyslarning strukturasi granoblastli, porfiroblastli, slyudalar ko'p bo'lsa, granolepidoblastli bo'ladi. Tog' jinsi dala shpati, kvars, rangli minerallar va boshqa qo'shimcha minerallardan tashkil topgan.
Levinson-Lessing (1937) ,Yu.I. Polovinkin (1955) kvarsni gneysda bo'lishi shart deb alohida ta'kidlaydilar. Dala shpati va rangli minerallarning xarakteri va ularning miqdori keskin o'zgarib turadi. Shu sababli gneyslarning donadorligi, rangi va tuzilishi keng chegarada o'zgarib turadi. Dala shpatlaridan ortoklaz, mikroklin, plagioklaz uchraydi. Rangli minerallar ko'proq biotit, muskovit, kamroq rogovaya obmanka, piroksendan tashkil topgandir. Ayrim hollarda quyidagi minerallarni uchratish mumkin: granat, stavrolit, sillimonit, kordierit, grafit, disten va boshqa minerallar. Aksessor minerallardan sirkon, apatit, monatsit, apatit, sfen, magnetit bo'lishi mumkin.
Gneyslar birlamchi jinslar tarkibiga ko'ra ikki turga bo'linadi-paragneys va ortogneys. Paragneyslar gillar va kvars- dala shpatli qumtoshlarning yuqori darajada metamorfizmga uchrashi hisobiga hosil bo'ladi.
Paragneyslarda glinozyomning ko'p miqdorda bo'lishi, ularning tarkibida alyuminiyga boy bo'lgan minerallar granat, sillimonit, andaluzit, kordieritlarning hosil bo'lishiga olib keladi. Ortogneyslar granit, granodiorit, kvarsli diorit va kvarsli sienitlar hisobiga rivojlanadi.
Amfibolitlar gneyslardan ko'p miqdorda yashil shoh aldamchining bo'lishi va to'q yashil rangi bilan farq qiladi.
Ular gneyslar bilan ko'pincha ketma-ket keladi. Ular bir-birlariga sekin-asta o'tib boradilar. Paraamfibolitlar mergelning, ortoamfibolitlar esa diorit, gabbro, piroksenitlarning hisobiga hosil bo'ladi. Tog' jinsi asosan rogovaya obmanka va plagioklazdan tashkil topgan. Qo'shimcha minerallardan biotit, granat, kalsit, epidot, soizit va boshqalar uchraydi. Ular ichida kritik mineral rogovaya obmanka va plagioklazdir. Oddiy shoh aldamchi amfibolitda metamorfzmning quyi stupenlarida hosil bo'lgan shoh aldamchidan murakkab tarkibi va glinozyom ko'p miqdorda uchrashi bilan farq qiladi. Tarkibi bo'yicha plagioklaz asosli va o'rta tarkibli bo'ladi. Amfibolitga massiv tekstura va granoblastli, nematoblastli yoki porfiroblastli, ayrim hollarda fibroblastli strukturalar xosdir.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin