Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə46/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
амалиёт

Toshko'mir. Rangi qora, yog'liqsimon yaltiraydi. Odatda yaxshi yuqmaydi, yirik yoki mayda donador, mo'rt. Qatlamlangan toshko'mirning yaxshi xilidan koks tayyorlanadi. Chizig'i qora, yaltiroq va xira.
Antratsit - qattiqligi va yaltiroqligi bilan toshko'mirdan farq qiladi. Unga qora rang, yarim metallsimon yaltiroqlik, g'adir-budur sinim xosdir. Qo'lga yuqmay­di. Tezda o't olmaydi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan jinslar uglerod bilan to'yinishning yog'och-torf-malla ko'mir-toshko'mir-antratsit bosqichini tashkil qiladi. U yog'ochda 50%, antratsitda 95% bo'ladi. Antratsitning solishtirma og'irligi 1,4-1,7 2 g/sm3. Rangi qora. Metallsimon yaltiraydi. Uchuvchan moddalar 8% dan kam. Shuning uchun ham u o'z-o'zidan yonmaydi
Organik moddalarning parchalanish jarayoni kislorodli sharoitda ro'y beradi va bitumlar deb ataladigan neftni yoki yonuvchi, uchuvchi moddalarni hosil qiladi va bu jarayon bitumlanish deb yuritiladi. Neftning paydo bo'lishi to'g'risida birinchi marta D.I. Mendeleyev tomonidan aytilgan fikr ham bordir. Unga ko'ra neft noorganik yo'l bilan hosil bo'ladi. U Yer qobig'ining cho'nqir qismi­da sintezlanadi, keyinchalik yuqoriga ko'tarilib, yaxshi kollektor xususiyatiga ega bo'lgan cho'kindi jinslar orasida to'planadi. Bitumlar ko'pincha dengizda, gillar bilan aralashib cho'kadi. Natijada yonuvchi slaneslar deb ataluvchi jinslar hosil bo'ladi. Ular yupqa qatlamli, qat-qat qoplangan, to'q kulrang, malla yoki qoramtir jinslardir. Ko'pincha slanetslarning yuzasi turli qazilma tamg'alar bilan qoplangan bo'ladi.
Quruq yonuvchi slanesga olov tutilsa, is chiqarib yonadi yoki quyuq tutun chiqarib tutaydi, ayni vaqtda bitumning kuchli hidi kelib turadi.
Nеftning yuqorida tasvirlangan jinslardan farqi, uning suyuq bo'lishidir. Uning rangi solishtirma og'irligiga qarab och-sariqdan (yengil xillari) malla-qoragacha (og'ir neft) bo'ladi. Neftga moydek yaltirab turish xosdir. Neftning o'ziga xos hidi bor. Agar neftda ko'p miqdorda oltingugurt bo'lsa (masalan, Uraldagi neft), vodorod sulfid hidiga o'xshagan o'tkir hidi bo'ladi. Suvga tushgan kichik neft tomchisi rangdor toblanuvchi pardani hosil qiladi (flyuoressensiya).
Ba'zan juda katta neft konlari har xil g'ovak yoki yoriqlari ko'p bo'lgan jinslar orasida uchraydi. Bunday jinslar (qum, qumtosh-konglomerat, ohaktosh va boshqalar) ayni vaqtda neft konlari kollektorlarning rolini bajaradi.
Bitumli jinslar ichida oksidlangan (quyuqlashgan) holdagi neft kam tarqalgan. Bunday jinslarga qoramtir rang, bolg'a bilan urganda bitum hidini berishi xosdir. Jins kukuni erituvchini bitumi bilan bo'yaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin