Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə43/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
амалиёт

TЕMIRLI TOG' JINSLARI
Temir ma'danlarining asosiy qismi cho'kindi tog' jinslaridir. Bu jinslar qatlam, qatlamchalar, linza va shaklsiz jism holida uch­raydi. Temirli tog' jinslari siderit, leptoxlorit va qo'ng'ir temirtosh turlariga bo'linadi.
Siderit odatda mayda va o'rta donali, zichlashgan, ayrim hol­larda esa zichlashmagan, kulrang, ko'kish-kulrang tog' jinsidir. Agar jins tarkibida organizm qoldiqlari ishtirok etsa, siderit qora va to'q kulrang tusga kiradi. Siderit jinsi asosan siderit (FeCO3) mineralidan tashkil topgan bo'lib, biroz kalsit, temir sulfidi, magnezit, gilsimon minerallar va boshqalar uchraydi. Geologik kes­malarda siderit qatlam, linza shaklida yotadi.
Leptoxlorit jinsi tarkibida asosan shamozit (4FeO∙Al2O3∙3SiO2 ∙2H2O) uchraydi. Jins tarkibida yana temir oksidi, siderit, kalsit va terrigen minerallar bo'lishi mumkin. Leptoxlorit kul­rang-yashil bo'lib, oksidlaganda qo'ng'ir rangga kiradi. Jins oolitli tuzilishga ega bo'lib, ba'zida bir tekis va mayda donali bo'ladi.
Qo'ng'ir temirtoshlar hosil bo'lishiga ko'ra birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi turi temir gidrooksidining gellari cho'kmaga tu­shishidan hosil bo'ladi. Ikkilamchi jins esa siderit va leptoxloritning oksidlanishidan paydo bo'ladi. Jins asosan gyotit (Fe2O3 ∙H2O), gidro­gyotit va limonitdan(Fe2O3∙ nH2O) tashkil topgan bo'lib, qo'shimcha mineral shaklida opal, xalsedon va boshqa minerallar uchraydi. Jins to'q kulrang yoki qo'ng'irsimon-sariq bo'lib, g'ovaksimon yoki juda kam zichlangan bo'ladi. Jins strukturasi oolitli, pizolitli va qobiqsi­mon (konkretsiyali), teksturasi tartibsiz.
Temir jinslarining hosil bo'lish sharoiti. Cho'kindi temir asosan magmatik jinslarning kimyoviy nurashi mahsulidir. U suvda temir oksidi kolloidi, ozroq temir sulfati va temir (11) gidrokarbo­nati shaklida ko'chiriladi.
Temirning ma'danli konsentratsiyasi asosan gipergenez va sedimentogenez bosqichlarida temir gidrooksidining kolloidlari cho'kmaga tushi­shi va dia­genezda uning o'zgarishi natijasida hosil bo'ladi. Dengizning sayoz qismida tarkibida temir bo'lgan minerallarning (piroksen, amfibol, slyuda, magnetit, ilmenit) o'zgarishi ham ma'lum miqdorda temir moddasi to'planishiga olib keladi. Qo'ng'ir jeleznyaklar dengizning litoral va sublitoral qismida hosil bo'ladi. Leptoxlorit va side­rit ma'danlari lagunalarda qaytarilish sharoitida vujudga keladi.
Temir jinslari quruqlikda har xil sharoitda paydo bo'ladi. Te­mir ma'danlari oksidlanish zonasida sulfid konlarining o'zgarishidan ko'proq hosil bo'ladi. Temir konkretsiyalari o'rta namgarchilik mintaqalarida va o'rmonlarda yer osti suvlarining chegarasida vujudga ke­ladi. Ko'pincha temir ma'danlari ko'l-botqoqlik sharoitida hosil bo'ladi. Temirning cho'kmaga tushishida ma'lum darajada bakteriyalarning ta'siri bo'lishi mumkin. Sideritning styajeniyalari va konkretsiyalari botqoqlik va torfyaniklarda qaytarilish sharoitida hosil bo'ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin