Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə45/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
амалиёт

Kaustobiolitlar
Kaustobiolitlarga organogen yo'l bilan hosil bo'lgan organik tarkibli jinslar kiradi. Bular birinchi darajali foydali qazilmalar bo'lib, juda katta xalq xo'jalik ahamiyatiga ega. Bulardan torf, ko'mir, yonuvchi sla­nes, neft va bitumli (organik moddalar) jinslarning ta'rifini keltiramiz.
Torf - yog'och, mo'xlar, barglar, daraxt shox-shabbalaridan, ularning ildizlarining yemirilgan qoldiqlaridan iborat massadir. Torfning rangi to'q malla yoki qoramtir bo'ladi. Torfni hosil qiluvchi o'simliklarning yemirilishi suvli, havo kam joyda mikroorganizm ishtiroki bilan davom etadi. Quruq torf tarkibidagi organik moddalar ichida uglerod C- 28-35% ni, kislorod O2 - 30-38% ni va vodorod H2 - 5,5% ni tashkil etadi. Torf tarkibida ma'lum miqdorda mineral moddalar mavjud bo'lib, uni yoqqanda bu mineral moddalardan kul hosil bo'ladi. Torf botqoqliklarda hosil bo'ladi. Ularni torf koni - torfyanik (torf koni ma'nosida) nomi bilan yuritiladi. Torfning qalinligi uncha katta bo'lmaydi, lekin ba'zan keng maydonlarni egallab yotadi. Torf o'zining paydo bo'lishiga va ichidagi materiallariga ko'ra, qamish torfi, sapropel torfi va boshqa xillarga bo'linadi. Torf xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Torf qalin cho'kindi jins ostiga tushib qolishi natijasida torf avval malla ko'mirga, keyinchalik toshko'mirga aylanadi. Bu jarayon tufayli o'simlik moddalari butunlay parchalanadi. Torfning ustki qismida qalin jinslarning bosimi natijasida torf zichlashadi va suvsizlanadi.
Ko'mirlar. O'simliklarning ko'mirga aylanishi, asosan biokimyoviy yo'l bilan o'tadi. Chunki organik moddalarni yemirishda mikroorganizmlar - aerob va anaerob bakteriyalar va boshqalar ishtirok qiladi. Suv ostiga cho'kkan o'simliklar suvning yuqori - havo kiradigan qis­mida yemirilishiga, chirishiga gumus paydo qilish jarayoni deb yuritiladi. Bu yemirilayotgan modda havo o'tmas chuqurlikka yetganda deyarli bir xil mallasimon massaga, ya'ni torfga aylanadi. Ko'mirlar torfdan hosil bo'ladi. Ko'mirlar orasida ularning strukturasi va uglerodning (C) miqdoriga ko'ra mallako'mir (69%), toshko'mir 82% (C) va antratsit 95%(C) ga bo'linadi.
Malla ko'mir yoki lignit qazilma ko'mir turlaridan biri bo'lib, sifatiga ko'ra toshko'mir bilan torf o'rtasida turadi. Toshko'mirga nisbatan yumshoq, torfga qaraganda qattiq va zichlangan. Rangi malla, ko'pincha malla­simon qora, qat-qat bo'lib yotadi. Qatlamlarning qalinligi 1 santimetrdan 30-35 m gacha bo'ladi. Solishtirma og'irligi 0,8-1,4 g/sm3, 4000-7000 kal. issiqlik beradi. Bunda uglerod (karbon) 75%, suv 10-40% (suvga yaqin joyda), kuydirilgandan keyin qolgan kuli, asosan noorganik moddalardan iborat. Bulardan tashqari, ko'mirni qizdirganda undan uchuvchan moddalar chiqadi, chizig'i qo'ng'ir, yaltiroq, chig'anoq sinimli.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin