Kirish qurilish materiallari



Yüklə 86,87 Kb.
səhifə8/16
tarix26.07.2023
ölçüsü86,87 Kb.
#137591
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
qurilish materiallari2023

1.8 G'isht haqida
G'isht — qurilish materiali; to'g'ri burchakli parallelepiped ko'rinishidagi sun'iy tosh. Tabiiy va sun'iy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga bo'linadi. Xom G'isht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq G'ishtni tayyorlashning «ho'l» va «yarim quruq» usullari bor. Oddiy pishiq G'ishtni «ho'l» usulda tayyorlash uchun sog'tuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. «Yarim quruq» usulga ko'ra, 8—10% namliqdagi tuproq mas-sasi 120—150 kg/sm2 bosim ostida po'lat qoliplarda maxsus presslarda presslanadi, keyin 1000° ga yaqin t-rada aylanma yoki tunnel' xumdonlarda pishiriladi. Bu usul G'. ning o'lchamlari aniq va shakli to'g'ri bo'li-shini ta'minlaydi. Siqilishga mus-tahkamlik chegarasi bo'yicha G'ishtlar 5 markaga bo'linadi: 150; 125; 100; 75; 50. «Ho'l» usul bo'yicha tayyorlangan G'ishtning hajmiy og'irligi o'rtacha 1700 kg/m\ «yarim quruq» usulda tayyorlangan G'isht niki esa 1900 kg/m3 ni tashkil etadi. Hajmiy og'irligi 1400 kg/m3 dan kam bo'lgan yengil G'ishtlar ham binokorlikda keng ishlatiladi. siqilishga mustahkamlik chegarasi 50 — 100 kg/sm2 va hajmiy og'irligi 1000 — 1400 kg/m3 bo'lgan G'ishtlar imoratlarning yuk ko'taruvchi devorlarini tiklashda qo'llanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi 35—50 kg/sm2 va hajmiy og'irligi 700—1000 kg/m3 bo'lgan yengil G'ishtlar oddiy devorlarda, issiq — sovuqni o'tkazmaydigan (izolyatsi-on) material sifatida hamda sinchli binolarda sinchlar orasini to'ldirishda ishlatiladi. Hajmiy og'irligi 500—700 kg/ m3 va mustahkamlik chegarasi past (6—15 kg/sm2) bo'lgan G'ishtlar qozon, quvur va pechlarga qoplash uchun qo'llanadi.
G'ishtlarning kovakli, ko'p teshikli, kislotaga, o'tga chidamli maxsus xillari mavjud. Silikat G'ishtlar ham ishlab chiqariladi. Silikat G'isht tayyorlash uchun kvarts qumi (92—95%), ohak (5—8%) va suv aralashmasidan iborat massa yuqori bosim va t-ra ostida avtoklavlarda qotiriladi. Silikat G'isht sarg'ish kulrang ko'rinishda bo'ladi. Uning hajmiy og'irligi 1700 — 1900 kg/m\ Bunday G'ishtlar fuqaro va sanoat binolarining yuk ko'taruvchi devorlari va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. Silikat G'ishtlar namga, yuqori t-ra (500° dan ortiq) ga uncha chidamli bo'lmagani uchun pech' va mo'rilarda, poydevor va tsokollarda ishlatilmaydi. Qad. o'zbek milliy me'morligida kvadrat shaklidagi (24x24x5 sm) «mu-sulmon» G'. lar keng rasm bo'lgan. O'zbekistonda 19-a. 2-yarmidan to'rtburchak shaklli (28x13x7 sm va 37x23x9 sm o'lchamli) «nikolay» G'. lari ishlatilgan. Hozir asosan 25x12x6,5 sm o'lchamli va bir yarimtali (25x12x8,8 sm) pishiq G'isht ishlatiladi.
G'isht uchun ishlatiladigan 5 turdagi materiallar
Professional qurilish amaliyoti tarixida g'isht barcha qurilish materiallari orasida eng qadimgi hisoblanadi. Bundan tashqari, u eng bardoshlidir, chunki ming yillar oldin qurilgan g'isht devorlari, poydevorlari, ustunlari va yo'l qoplamalari hali ham buzilmagan. Bugungi kunda g'ishtlar ko'pincha devorlarni qurish uchun, ayniqsa bezak tashqi devor yuzasi sifatida ishlatiladi.

Yüklə 86,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin