“Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 496
w www.oriens.uz November 2022 1-rasm. Xitoyga agrosanoat klasterlarining shakllanish bosqichi sxemasi[17] Yoki, Xitoydagi eng mashhur sabzavot ishlab chiqarish hududi sanaluvchi, mamlakatdagi
raqobatbardosh qishloq xo’jaligi klasterlaridan biri bo‘lgan Shouguang klasteri rivojida ham
hukumat tomonidan olib borilgan klaster siyosatining roli yuqori bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlash kerakki, bugun kunda mazkur klasterda 40 ming gadan ortiq issiqxonalarda yiliga 8
mln.tonnadan ortiq sabzavot yetishtiriladi [18].Shouguang “Xitoy sabzavotining vatani” sifatida
tanilgan va Shandong provinsiyasi hukumati tomonidan qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish
uchun pilot shahar sifatida belgilangan dastlabki agro klasterlar biri hisoblanadi. Uning
shakllanishida mahalliy hukumatning roli katta bo’lib, hukumat ko’magi bilan sabzavot yetishtirish
ko’lamini kengaytirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining infratuzilmasini takomillashtirish,
yangi texnologiyalar va yangi turlarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
standartlashtirilgan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, yetishtirilayotgan sabzavotlar sifatini
yaxshilash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo’jaligida “kremniy vodiysi” ni yaratish
hamda tarqatish kanallari samaradorligini oshirishga erishilgandir [19].
2-rasm. Shouguang sabzavotchilik klasterini shakllanish bosqichlari [20] Umuman olib aytganda, milliy iqtisodiyotni klasterlashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy
salohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va mamlakatning klaster siyosati mamlakat
iqtisodiy siyosatining asosiy elementlarini o‘zida mujassam etib, uning asosida shakllanadi.
Iqtisodiy klasterlarni shakllantirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatlar