Key words: cluster; cluster policy; assessment of cluster policy; competitiveness; liberal
model; directive model. Yangi boshqaruv texnologiyasi hisoblanuvchi iqtisodiy rivojlanishning klasterli yondoshuvi
nafaqat ma’lum mintaqa yoki tarmoqning, balki butun mamlakatning milliy raqobatbardoshligini
oshirishga xizmat qilganligi sababli, milliy iqtisodiyotni klasterlashtirish dunyoning ko‘plab
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida uchraydi. Umuman olganda, iqtisodiy klaster
deganda geografik jihatdan yaqin joylashgan va ixtisoslashgan sektorlar (ishlab chiqarish sektori,
ilm-fan sektori, boshqaruv sektori (mahaliy hokimiyatlar) va to‘ldiruvchi sektor (bank, sug‘urta,
logistika, uyushmalar)ning o‘zaro hamkorligi va raqobatidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar tizimini tushunish mumkin bo‘lib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda klasterli
yondashuv klaster siyosati shaklida amalga oshiriladi. Klasterlarini rivojlantirish siyosati mahalliy
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda klasterning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida
vertikal va gorizontal aloqalarni o‘rnatish orqali innovatsiyalarning tarqalishiga va muhim mahalliy
tashqi omillarni yaratishga yordam berishitufayli bugungi kunda mintaqaviy va milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.
Klaster siyosati deganda mintaqada klasterlarni shakllantirish, rivojlantirish va umuman
faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Klaster siyosati milliy,
“Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 493