Brusning ko‘ndalang deformatsiyasi Cho‘zilish va siqilishda sterjen ko‘ndalang kesim o‘lchamlarining o‘zgarishi ko‘ndalang deformatsiya deb ataladi. Sterjenning dastlabki ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini va bilan belgilaymiz. Bu o‘lchamlardan biri tomonining deformatsiyasini qaraymiz, sterjen cho‘zilganda ko‘ndalang o‘lcham qisqaradi, bunga absolyut ko‘ndalang deformatsiya deyiladi, ya’ni
. (2.1)
Absolyut ko‘ndalang deformatsiyaning dastlabki o‘lchamga nisbati
(2.2)
nisbiy ko‘ndalang deformatsiya deb ataladi.
Nisbiy ko‘ndalang deformatsiya tegishli nisbiy bo‘ylama deformatsiyaga to‘g‘ri proporsional va ishorasi bo‘yicha teskari:
(2.3)
Bu erda ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti
Sterjenning og‘ma kesimlaridagi kuchlanishlarni aniqlash va tahlil qilish. Cho‘zilgan yoki siqilgan sterjen materialining tashqi kuchlar ta’siriga etarlicha qarshilik ko‘rsatishini bilish uchun uning faqat ko‘ndalang kesimlaridagi normal kuchlanishlarni aniqlashgina kifoya qilmaydi, balki sterjenning turli qiya kesimlaridagi kuchlanishlarni ham topish zarur bo‘ladi.
Cho‘zilgan sterjenning ko‘ndalang I-I kesimi bilan burchak hosil qiluvchi I-II qiya tekislik yordamida kesib ikki qismga ajratamiz. (5.3,a-chizma). Pastki D qismini olib qolib (5.3,b-chizma), uning muvozanatini tekshirish natijasida I-II qiya kesimida hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni aniqlaymiz. Qiya kesimning tashqi 0n normali sterjen o‘qi bilan ham burchak hosil qiladi. Agar burchak sterjen o‘qiga nisbatan soat strelkasi yurishiga teskari yo‘nalsa, bunday yo‘nalishni musbat deb hisoblaymiz. Sterjenning qoldirilgan D qismining I-II tekislikka tik o‘tkazilgan 0n tik chizig‘i shu kesimning normali deyiladi. Sterjenning I-I ko‘ndalang kesim yuzini A, I-II qiya kesim yuzini esa bilan belgilaymiz.
Teng qarshilikli sterjenlar Sterjenning uzunligi bo‘ylab barcha ko‘ndalang kesim yuzalarida kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgan sterjenlar teng qarshilikli sterjenlar deb ataladi. Pastki uchi bilan mahkamlangan 7.2,a-chizma da keltirilgan teng qarshilikli sterjenning ko‘ndalang kesimining o‘zgarish qonunini aniqlaymiz, uning ixtiyoriy kesimda kuchlanish berilgan ruxsat etilgan kuchlanishga teng bo‘lsin.