MUTLAQ NOLGA ERISHISHNING IMKONSIZLIGI
Nernst teoreamsi hamda Plank ta‟rifidagi termodinamikaning uchinchi bosh qonuni, mutlaq nol
haroratga erishishning imkonsizligini ifodalaydi. Umuman olganda termodinamikaning barcha
uchala bosh qonunlari turli xil imkonsizliklarini ifodalaydi. Xususan, birinchi bosh qonunga
muvofiq, birinchi tur abadiy dvigatelni, ya'ni, o„zi iste‟mol qilayotgan energiyadan ko„ra
ko„proq ish bajaridaigan dvigatelni yasashning imkoni yo„q; Ikkinchi bosh qonunga ko„ra esa,
ikkinchi tur abadiy dvigatelni, ya'ni, uzatilgan issiqlik miqdorini to„liq ishga aylantiradigan
dvigatelni yasash imkonsizligi e‟tirof etiladi. Uchinchi bosh qonun esa, aytib o„tganimizdek,
mutlaq nol harorat erishish imkonsizligini uqtiradi. Shunga qaramay, XX asr fiziklari uchun
eng katta qiziqishga sabab bo„lgan va qattiq berilib ishlashga majbur qilgan ilmiy
muddaolardan biri – imkon qadat past haroratni qayd etish, mutlaq nolga iloji boricha
yaqinlashishga erishish bo„lgan edi. Bu borada ilk muvaffaqiyatlarga erishgan olim
Kammerling-Onnes Xayke (1853-1926) bo„lgan. U laboratoriyasida mutlaq noldan atiga 3
daraja yuqori haroratga erishgan. O„zining kriogen texnikasi vositasida u suyuq geliy
moddasini olishga erishdi hamda o„ta o„tkazuvchanlik hodisasini kashf etdi. Hozirgi kunda
olimlar tomonidan, mutlaq nol harorat Kelvin darajasining atiga milliondan bir darajaariga
baland bo„lgan haroratlarga erishilgan.
126
127
Qora jismning nurlanishiga, nurlatayotgan bo„shliqning tabiati hech qanday ta‟sir
ko„rsatmaydi. U faqat bo„shliqning haroratiga bog„liq. Plank nafaqat
k
, balki
h
ham
universial doimiy ekanligini fahmlab qoldi. Bungacha fiziklarga ma‟lum bo„lgan
universial doimiylar – yorug„lik tezligi hamda gravitatsiya doimiysi bilan birgalikda,
Boltsman doimiysi va Plank doimiysidan foydalanilsa, o„lchov birliklarining inson
tasavvuriga bog„liq bo„lmaydigan, inson bilimlaridan mustaqil bo„lgan o„ziga xos
alohida tizimini shakllantrisih imkonini berishi oydinlashdi.
Keling shu o„rinda, fizik kattaliklar o„lchov birliklarining zamonaviy tizimi
XBI - SI (Xalqaro Briliklar Tizimi - System Internationale) qay tarzda yuzaga
kelganiga qisqacha to„xtalib o„tamiz. Har qanday fizik kattalikni ifodalash uchun
bizga o„lchov birligi zarur bo„ladi. Masalan, uzunlik va masofani o„lchash uchun
Xalqaro Birliklar Tizimida maxsus birlik qabul qilingan va unga ko„ra, Shakil
O„Nilning bo„yi 2.15 metr, London va Prij orasidagi masofa esa, 340.55 kilmetr
ekanini ayta olamiz.
Metrdan uzunlik va masofa birligi sifatida foydalanish masalasi shartli
ravishda qabul qilingan bo„lib, u 1875 yil mayida bir nechta davlatlarning delegatlari
ishtirokida qabul qilingan Metr konvensiyasiga asoslanadi. O„sha konvensiyaga ko„ra
metr va kilogrammning etalonlari tayyorlangan bo„lib ular Parij yaqinidagi Sevr
shaharchasida joylashgan O„lchov va Tarozilar Xalqaro Qo„mitasi idorasiga doimiy
saqlash uchun topshirilgan. Ushbu ikki o„lchov birligi qatoriga uchinchisi – vaqt
o„lchovi bo„lmish soniya kiritilgach, ular uchalasi bir bo„lib, o„lchov birliklarining
MKS (metr-kilogramm-soniya so„zlarining bosh harflaridan) tizimini shakllantirgan.
Hamma davlatlar ham mazkur tizimdan foydalnishmaydi. Masalan, anglo-saks
madaniyatiga aloqador xalqlar asosan, uzunlik va masofa uchun mil, yard, fut, dyuym
kabilarni, og„irlik va vazn birliklari uchun esa, unsiya, funt kabilarni kengroq
qo„llashadi. (
Masalan, Angliyada massa uchun kilogramm va uning karrali va ulushli
birliklari qo„llanishi kerakligi rasman tasdiqlangan, lekin amalda inglizlar o„zlarining
an‟anaviy birliklaridan foydalnishda sobitqadamlik qilmoqdalar
). Ayniqsa AQSH
davlatining tutgan yo„li jumboqli: AQSH 1875-yil Metr Konvensiyasini eng birinchi
bo„lib qabul qilgan davlatlar safida bo„lgan bo„lsa-da, lekin hali hanuz o„zining yard
va millaridan voz kechib, ushbu xalqaro tizimga o„tishga shoshilmayotir.
Metr konvensiyasi doirasida qator xalqaro idoralar tashkil qilingan bo„lib,
ularning vazifasi sifatida, Xalqaro Birliklar Tizimini mukammallashtirish,
takomillashtirish, ommalashtirish, uzluksiz modernizatsiyalab, ilm-fanning yangi
yutuqlari bilan boyitib borish ishlari belgilangan. Shunday faoliyat natijalaridan misol
o„laroq, hozirgi kunda metr hamda soniyaning ta‟riflari hamda aniqlanish usuli,
dastlabki – birnchi tahriridan butunlay farq qiladi. Chunonchi, soniya avvallari
128
«Quyosh sutkasining
qismiga teng» deb qabul qilinar edi. Lekin astronomlar
tomonidan Quyosh sutkasining davomiyaligi yuqoridagi songa aniq teng emasligi,
qolaversa, sutka har doim bir xil uzunlikka ega bo„lmasligi isbotlangach, yuqoridagi
tasdiqning xato ekanligi oydinlashdi. Hozirgi kunda esa, soniyaning XBT dagi qabul
qilingan rasmiy ta‟rifi quyidagicha: «Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o„ta nozik
sathlari orasidagi bir-biriga o„tishiga muvofiq keladigan nurlanishning 192631770
davriga teng». Ushbu ta‟rif, dunyodagi eng aniq ko„rsatkichli soat – atom soatiga
asoslanib keltirib chiqarilgan. O„z navbatida, metrning ta‟rifi ham, universial doimiy
bo„lmish – yorug„lik tezligi, hamda, soniyaning yangi, yuqoridagi ta‟rifidan kelib
chiquvchi o„ta aniq belgilanishi yotadi. Metrning 1983 yilda qabul qilingan amaldagi
rasmiy ta‟rifi quyidagicha yangraydi: : «Metr – yorug„likning vakuumda soniyaning
qismida bosib o„tadigan masofasiga teng». Qahramonimiz Maks Plankka
qaytamiz. Boltsman doimiysi
k
ning o„lchov birligi
bilan o„lchanadi. Plank
doimiysi
Dostları ilə paylaş: |