Malakaviy kurs ishi


O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. KARIMOV



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/5
tarix19.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#145300
1   2   3   4   5
Malakaviy kurs ishi-fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 9-oktabr,
PF-1571-son



  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING GARNIZON VA QOROVULLIK XIZMATLARI NIZOMI


Qorovullik xizmati va uning tashkil etilishi. Qorovul va uning tarkibi Qorovullik xizmatini o‘tash jangovar vazifani bajarish hisoblanib, shaxsiy tarkibdan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovul xizmati Nizomining barcha qoidalariga to‘liq rioya qilinishini, yuksak hushyorlik, bukilmas matonat va tashabbuskorliknitalab etadi. Qorovullik xizmati talablarini buzgan aybdorlar axloq tuzatish yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi Nizomda ko‘rsatilgan. Harbiy qismlarda qorovullik xizmatini amalga oshirish uchun qorovullar tayinlanadi. Qism Jangovar bayrog‘ini, harbiy va davlat obyektlarini qo‘riqlash ularni himoya qilish bilan birga jangovar vazifani bajarayotgan, shuningdek, gauptvaxta va axloq tuzatish batalyonlarida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlayotgan qurollangan bo‘linma qorovul deb ataladi. Qorovullar ikki turga: garnizon qorovuli va ichki qorovulga bo‘linadi. Garnizon qorovuli zimmasiga korpus va markaziy obyektlarni qo‘riqlash, ularni himoya qilish, o‘zining qo‘riqlash bo‘linmasiga ega bo‘lmagan umumgarnizon ahamiyatiga molik bo‘lgan obyektlarni hamda bir-biriga yaqin joylashgan harbiy qismlar va bo‘linmalar obyektlarini, shuningdek, garnizon gauptvaxtasida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlash xizmatlari kiradi. Ichki qorovullar zimmasiga esa, har bir harbiy qism obyektlarini qo‘riqlash va himoya qilish topshiriladi. Harbiy qismlardagi samolyotlar, vertolyotlar, aerodromdagi aviatsiya qismining boshqa obyektlarini qo‘riqlash va ularni himoya qilishni harbiy qism tomonidan tashkil etilgan ichki qorovul amalga oshiradi. Doimiy qorovullar qorovullar jadvalida bo‘lib, vaqtinchalik qorovullar esa jadvalga yozilmaydi, ular ortilayotgan va tushirilayotgan yoki vaqtincha omborda turgan harbiy mollarni qo‘riqlash va himoya qilish, turli transport vositalarida tashilayotganda harbiy mulklarni kuzatish, shuningdek, bandilar va mahbuslarni qo‘riqlash uchun garnizon boshlig‘i yoki harbiy qism boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Garnizon qorovuli garnizon boshlig‘iga, garnizon harbiy komendantiga, garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisiga, gauptvaxta boshlig‘iga ham bo‘ysunadi. Ichki qorovul esa harbiy qism komandiriga, harbiy qism bo‘yicha navbatchiga va harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisi, agarda ofitser bo‘lsa, bo‘ysunadi. Harbiy qism bo‘linmalarida alohida joylashgan batalyon (divizion) obyektlarini qo‘riqlayotgan ichki qorovul yuqoridagilardan tashqari o‘sha batalyon (divizion) komandiriga va harbiy unvoni jihatidan teng yoki katta bo‘lsa, o‘sha batalyon (divizion) bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi. Serjantlardan tayinlangan harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisiga boshliqlari ofitser bo‘lmagan qorovullar bo‘ysunadi. Òarqatish paytida garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchini qarshi olish uchun, «Qaddingni rostla» komandasi berilgandan boshlab, qorovullar yuqoridagi shaxslar ixtiyoriga o‘tadi. Almashinuvdan so‘ng o‘z harbiy qismiga (bo‘linmasiga) yo‘lga chiqish uchun qorovul boshlig‘ining «Qadam bos» komandasi berilgandan boshlab ularning ixtiyoridan chiqadi.
Qorovul va uning tarkibi Jangovar vazifani o‘tayotgan qorovul tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi: qorovul boshlig‘i, post va almashuvi soni bo‘yicha qorovullar, tarqatuvchi, zarurat tug‘ilsa, qorovul boshlig‘i yordamchisi, qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi (operator) yoki operatorlar smenasi (uch, to‘rt kishi, ulardan bittasini qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi etib tayinlash mumkin, qorovul boshlig‘ining qo‘riqchi itlar xizmati bo‘yicha yordamchisi va transport vositalari haydovchilari). Birlashmalar, undan yuqori shtab va boshqarma punktlarini, shuningdek, muassasalarni qo‘riqlash bo‘yicha qorovullar safida yuqorida sanalgan shaxslardan tashqari, nazorat o‘tkazish postlari qorovullari, gauptvaxtadagi qorovul safida esa tashqariga chiqaruvchi bo‘ladi. Obyektlarni bevosita qo‘riqlash va himoya qilish uchun qorovullar safidan soqchilar chiqariladi. O‘ziga topshirilgan postni qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi deb ataladi. Qo‘riqlash va himoya qilish uchun soqchiga topshirilgan barcha narsa, shuningdek, u o‘z vazifasini bajarayotgan joy yoki yer uchastkasi post deb ataladi, texnik himoya vositalari yordamida qorovul qo‘riqlayotgan obyektlar va bu himoya vositalari o‘rnatilgan yer uchastkasi ham postga qaraydi. Soqchi obyektlar himoyasini obyekt atrofida ichki va tashqi devor o‘rtasida, agar obyekt bitta devor bilan o‘ralgan bo‘lsa, devorning ichki tomoni bo‘ylab patrullik qilish yo‘li bilan amalga oshiradi. Shuningdek, soqchilikni minoradan turib amalga oshirsa ham bo‘ladi. Ayrim postlarni soqchilar joyida turib qo‘riqlashlari mumkin. Muhim ahamiyatga molik davlat va harbiy obyektlar qo‘riqlanayotganda soqchilar o‘z vazifasini kuzatuv minorasidan turib amalga oshiradilar. Bunday hollarda ular uzoqligi 500 metrgacha bo‘lgan obyektlarni qo‘riqlashi va himoya qilishi mumkin. Obyektlarni patrullik yo‘li bilan qo‘riqlashni tashkil etishda, ularni o‘ralishi va yerning shart-sharoitlariga qarab qo‘riqlash va himoya qilish uchun soqchiga quyidagicha qo‘shimcha uchastkalar beriladi: kunduzi — 1000 metrgacha, kechasi — 500 metrgacha, texnik himoya vositalari bilan jihozlangan obyektlarda esa kunduzi — 2 kilometrgacha, kechasi — 1 kilometrgacha. Noqulay ob-havo (qalin tuman, yomg‘ir, qor yoqqanida) obyektlar himoyasini kuzatish uchun, qo‘shimcha qorovul yoki transport vositasida patrul tayinlanishi mumkin. Obyektni mustahkam qo‘riqlashni ta’minlash uchun harakat yo‘nalishi bo‘yicha zudlik bilan yurib ketayotgan soqchi atrofni va devorlarni kuzatish uchun, shuningdek, xizmatning borishi haqida aloqa vositasi orqali qorovul boshlig‘iga xabar berish uchun to‘xtab oladi. Atrof yaxshi ko‘rinishda bo‘lib,1-ilova



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin