Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


A.A.Uxtomiskiyning dominantlik tamoyili



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə17/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

A.A.Uxtomiskiyning dominantlik tamoyili.
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko’ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo’nalganlik bag’ishlovchi qo’zg’alishning vaqtincha hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi. Dominantlik 175 xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to’planadi va jamlanadi, shu vaqtning o’zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo’zg’alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo’zg’alishning barqaror o’chog’i hisoblanadi, bu esa o’z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi. SHunday bo’lsada, na nerv jarayonlari induktsiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to’laligicha ochib bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator kontseptsiyalaming paydo bo’lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga ko’proq e’tibor ajratadilar. Sog’lom odamlarda diqqatning zo’riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o’zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlaming alohida turi faoliyati bilan bog’laydilar. Neyronlaming birinchi turi - «yangilik detektorlari» yangi rag’batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o’rganib qolish darajasiga ko’ra faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo’zg’aladilar. SHunday qilib, diqqat bir-biri bilan o’zaro bog’langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o’ta murakkab tuzilishi va lining tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo’lishiga olib keldi.
9 Mavzu: Diqqatning funksiyalari, turlari, asosiy xususiyatlari.
Reja:

  1. Diqqatsizlik xodisasi va chegaradagi diqqat.

  2. Diqqat effektlari va uning mavjudlik me’zonlari.

  3. Diqqat turlari: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan keyingi.

  4. Klassik ong psixologiyasida diqqat metaforasi va tadqiqotlari.

  5. Geshtaltpsixologiya: diqqat ego-ob’yekg kuchi sifatida.

  6. Diqqatning motor nazariyasi. Diqqat funksiyalari. Diqqat xususiyatlari klassifikasiyasi.

  7. Diqqat xususiyatlari: diqqatning xajmi, konsentrasiyasi, taqsimlanishi, ko’chishi, barqarorligi.

  8. Diqqatning cheklanganligi va saralovchanligi, o’zgarishlarga nisbatan ko’rlik.

Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa sifatida xarakterl0vchi qator xossalarga ega. Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo’linish, chalg’ish va diqqat hajmi kiradi.


Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin