Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Ch.Sherrington ”Voronkasi” yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə16/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

Ch.Sherrington ”Voronkasi” yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi.
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o’tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo’llanilgan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga binoan, bosh miya po’stlog’ining biror sohasida yuzaga keladigan qo’zg’alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo’ladi (baravar induktsiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induktsiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo’ladigan bosh miya po’stlog’i sohasida qo’zg’alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o’matiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi
Optimal qo`zg`alish o`chog`i va I.P.Pavlovning orientirovka refleksi.
Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.
Diqqaming nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.PavIov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqaming fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nishatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nishatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish manbai nishatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqaming fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin.
"Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi LP.Pa.vlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funksiyasi juda nari
borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir".
I.P.PavIov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqaming fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish jarayonlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po’stida qo’zg’alish jarayoni uchun optimal, ya'ni nihoyatda qulayuk bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo`ladi. "Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharolt tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".

Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin