Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə24/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

Diqqatning buzilishi Diqqaming parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi e'tirof etiladi. Diqqaming haddan tashqari harakatchanligi bir ob'ektdan va faoliyat turidan boshqalariga doimiy ravishda o’tib turishi, yoki aksincha harakatsizligi, diqqaming sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patologik tarzda qayd etilishi shular jumlasiga kiradi. Diqqaming bu xildagi buzilishlari miyaning ba'zi bir organik kasalliklari eng avvalo uning peshona qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Diqqaming fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqami o’zida aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir.
Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqaming inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob'ekt ustida to’xtab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin o’zgarishlaridan ta'sirlanadi. Masalan, to’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan harakaming o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta'sirlanadi. Ixtiyoriy diqqaming alomatlari odatda bola yoshiga to’lgandan so’ng yoki ikki yoshga qadam qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta-sekin o’rgatadilar. Bolalar o’z diqqatlarini rivojlantirishda ulardan talab qilinayotgan harakatlarni bajarishga o’zlarining bevosita mayllaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblilikka, ma'lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o'rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqami rivojlantiramiz. Bog’cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o’yin katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror boladi. Mashq qilish usuli bilan o’z diqqatini to’plash qobiliyati asta-sekin rivojlanadi.
O’quv jarayonida ixtiyoriy diqqami tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta'siri, dars davomida sinfda o’tirish, o’quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imasuk bularning hammasi ixtiyoriy diqqami tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. har turli ta'lim ishlari maktabdagi o’quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’pIanganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli boladi. Shuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo`ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o’qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqaming barqarorligi va kuchini saqlab turilishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi mumkin, Ammo kattalarning nazoratl pasayib qolsa, u zarar vazifani bajarishdan chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin, Masalan: adabiyomi o’rganayotgan o’quvchi kino yoki biror o’qigan alari haqlda xayol surib ketishi mumkin, Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. o’zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o’tirgan o’quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarni ancha tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emosional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o’quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi, o’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqami tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa, o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba'zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay. o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo`lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan, hamma predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan o’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqaming tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o’quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin.
Ulug` rus pedagogi K. D. Ushinskiy ishlarida diqqat to’qrisida juda iliq fikrlar aytilgan. Uning fikricha, diqqat rushiy shayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kradi. Diqqat ob'ektni to’la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok qilingan ob'ekt izlarining ashamiyatidan tashqari, Ushinskiy "ta'sirotning kuchi va to’plangan aktlarni boshqara olishni ko’rsatadi. Bolaning rivojlanishi uning diqqatini to’qri yo’naltira bilishdaligini muallif ko’rsatadi. Diqqatning to’laligi, barqarorligini ta'minlovchi to’planishning psixologik mexanizmlarini mushokama qilish sham Ushinskiyning asarlarida uchraydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb shisoblaydi. Shuning uchun diqqatni maqsadga yo’naltirib boshqara olish qiyin va murakkab jarayondir. K. D. Ushinskiyning ko’rsatishicha, kishi o’z shissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yo’naltiriladi. Muallif diqqat turlarini ixtiyorsiz yoki passiv, ixtiyoriy yoki aktiv kabilarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning tomonimizdan zo’r berish orqali o’ziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni ob'ektivlashtirish aktiv xarakteridan biridir. Chunki u kishining o’zi orqali qo’zqatiladi va qo’llaniladi. 152 K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko’ra shosil bo’ladi. Tashqi sabablar, qo’zqatuvchining kuchiga, organizmning ayni vaqtdagi sholatiga boqliq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning sezgilarimiz izlarini boqlanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob'ekt ma'lum o’lchovda bo’lishi kerak. Diqqatning psixologik tashlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muammosi bilan boqladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb shisobladi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish-idrok qilish paytida va asosiy ishdan tashqaridagilarga chalqimaslik tushuniladi. Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to’qri yo’nalishda ko’rish va ularning diqqatini o’zlari boshqarishga o’rgatishdan iboratdir. K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatib turibdiki, u ongni to’planish qobiliyatini diqqat bilan tushundi, u diqqatni o’rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqdi. Tabiiy-ilmiy tushuntirishda o’z davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi. 40-yillarda psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Psixologiya fani nazariya va tajribaga asoslangan sholda, juda ko’p muammolarni echishga muvaffaq bo’ldi. Nazariy jishatdan katta o’rin olgan masalalardan biri "oliy psixik funksiyalarining rivojlanishi va strukturasi" to’qrisidagi L. S. Vigotskiy ilgari surgan konsepsiyalardir. Buning asosida ikkita gipoteza yotadi. A) psixik faoliyatning xarakteri shaqida. B) birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonlarining namoyon bo’lishi. L. S. Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o’rgana borib, shular ichiga ixtiyoriy diqqatni sham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatning tarixi-bu bola xulqining paydo bo’lishi tarixidir. L. S. Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o’rganishga sham tatbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi. 1. Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif mumorganik rivojlanishi tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimsining strukturaviy va funksional jishatdan o’sishini ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun shayot davomida bo’ladi, ammo bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlar mavjud. 2. Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatni namoyon bo’lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan boqliq deb tushuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatning psixologik mexanizmi shaqida gapirib, tashqi operasiya, organzmning xulqini ichki operasiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi mushit bilan aloqa qila boshlagandan o’sa boshlaydi. Madaniy rivojlanish nazariyasining bir necha bashsbop tomonlari mavjud. Bulardan biri-bu bola diqqatini rivojlanishning "natural" fazasidir. L. S. Vigotskiy "interiorizasiya" fikrini ilgari surib, ya'ni ichki psixik faoliyatini tashqi amaliy faoliyatidan kelib chiqishi, tashqi sharakatlarning ichki sharakatlarga, narsalarning obrazlariga va ular shaqidagi tushunchalarga aylanish jarayoni. Bu bilan psixik rivojlanishning bitta qonuniyatini ochdi, lekin bu to’la xarakteristika bo’la olmaydi, ya'ni bunda bu jarayon bilan birga "eksteriorizasiya" jarayoni mavjud ekanligi diqqat markazidan chetda qoldi. L. S. Vigotskiyning ilmiy yutuqi shundan iboratki, u diqqat muammosini o’rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondashdi. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi. L. S. Vigotskiy ishlarini A. N. Leontev ijodiy davom ettirib, ixtiyoriy diqqat rivojlanishini o’rgandi. U ixtiyoriy diqqatni xatti-sharakatni boshqarishni oliy shaklsi va tarixiy rivojlanish mashsuli deb tushundi. Bolalarda diqqat formalarini tashlil qilib, 3 ta bosqich mavjud ekanligin ko’rsatadi: 1. Natural bevosita, to’qridan-to’qri aktlardan iborat. Bunda to’planish ixtiyorsiz namoyon bo’lib, asosan maktabgacha bo’lgan bolalarda vujudga keladi. Ya'ni bu bolalar o’z xulq-atvorlarini o’zlari boshqara boshlaydilar. 2. Tashqi belgining ashamiyatini egallash, tushuna bilishlar turadi. Bu bosqich boshlanqich ta'limda asosiy rol o’ynaydi. 3. Tashqi taassurotlarning ichki ta'sirlariga aylanish jarayoni bilan boqliq bo’lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo’ladi. Uzoq vaqt A. N. Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. Chunonchi idrok bilan diqqat aloqasini o’rgandi. Diqqat shodisasi shunday shodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntiradi. A. N. Leontev keyingi ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, ko’rish, eshitish, qo’yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egallash mushim rol o’ynashini ko’rsatdi. N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron bir obektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa obektlardan chalqish orqali tushuntirdi. Agar yo’nalish va to’planish ixtiyorsiz bo’lsa, ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan maqsadga muvofiq bo’lsa, u sholda ixtiyoriy diqqat namoyon bo’ladi. Bular qatorida N. F. Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning uchinchi turi "ixtiyoriydan keyingi diqqat"deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’qrisida N. F. Dobrinin shunday deydi: "Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o’rin bor, lekin bu qiziqish faoliyatning natijasiga qiziqishdir. Faoliyatning o’zi esa qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, ya'ni natijaga qiziqish, jarayonga qiziqishga aylanadi. Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanganda bo’ladi" (Dobrinin N. F. Vnimanie i yego vospitanie. Izd-vo "Pravda". M. : 1951, str. 22). B. G. Ananev "O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash" (Vospitanie vnimanie u shkolnikov) nomli asarida diqqatni shamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak, deydi. Buning uchun mana bunday momentlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi: darsni to’qri tashkil qilish, ta'limning puxtaligi, o’qituvchining pedagogik 154 mashorati, o’quvchilarning darslardagi faoliyatini to’qri tashkil qila bilish kabilarni ta'kidlaydi. B. G. Ananev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir obekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi. Diqqat muammosini tadqiq qilish I. V. Straxov asarlarida o’z aksini topgan. quyida ularni asosiy moshiyatiga to’xtalib o’tamiz. Kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga ko’ra ijtimoiy tabiatga ega. U kishilarning meshnat faoliyatiga sabab bo’ladi va meshnat jarayonining asosiy psixologik kompanentlardan biri bo’lib sanaladi. Diqqatning mushim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining to’planishidir. Psixologiyada o’rganilgan diqqatning xususiyatlari-to’planishi shar bil sifatlarda va rivojlanishda aks etishidir. Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda bo’ladi: u predmet va shodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya'ni diqqat ob'ektini ongli ajratish, bu vaqtda boshqa ko’p ob'ektlardan chalqish vositasi bilan aktlar tizimsini tashkil qiladi, to’planish meshnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni sham diqqat ob'ekti shisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan sharakatga yo’naltiriladi. Diqqat psixikaning aloshida tomoni va shaklsi shisoblanmaydi va qandaydir bironta funksiyani bajarishga ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan, intensiv-psixik faoliyatning strukturali va funksional asosini o’zgarishga, mashsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi. Kishi diqqati meshnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, meshnatqurollariga yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki shar xil faoliyat turlarida shar xil bajariladigan meshnat operasiyalari va vositalri kishi meshnat predmetiga ta'sir qiladi. Bularga boqliq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o’rganish va shar xil obrazli psixologik muammolar vujudga keladi. O’tkazilgan tekshirishlar asosida diqqat ko’p funksiyali jarayondir, degan xudlosaga I. V. Straxov keladi. Bu funksiyalarni praktik bajarish-meshnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birontasining shart-sharoiti mashsuldorligidir. Faoliyatning shar bir turi diqqatga aloshida mas'uliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyatning shu turiga to’qri kelishi juda mushimdir. Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayonining tiniq va asosli bo’lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa ijodiy ilshomlanishning shisobga olmaganda, diqqatning qidirish orientirovkasi mushim ashamiyatga ega. Diqqatning nazorat qilish-tuzatish funksiyasi sham kam ashamiyatli emas. Uning shakllari meshnat va o’quv faoliyatining shar xil davrlarida bir xil bo’lmaydi. Diqqat aloshida kishilarning munosabatldarida, kollektivda xarakterli funksiya bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik sholatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (meshribonlikda, qamxo’rlikda, ishdagi yordamda) aks etadi. Ziyraklikning meshnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixologik ashamiyatga ega bo’ladi. Bunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi o’rganiladi. 155 Uning aks etishining yaqqol shakllari va tarbiyalash shaqida ko’rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning tashlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga sharakat qilishdir. Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki, I. V. Straxov diqqatning bilish jarayonidagi ashamiyatiga, uning aktiv psixologik aks ettirish imkoniyatiga aloshida e'tibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida keng va chuqur aks etishida mushim mexanizmdir. Diqqat shaxsning yo’nalishida to’plangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng ma'noda bu so’z asosida eshtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar bor. Diqqat psixik jarayonlar strukturasida ko’rsatilgan omillardan xosil qilingan shodisa sifatidagina qatnashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Bunga misollardan biri - diqqat va ziyraklikning pedagogik takt (odob)ning shakllanishida psixologik shartsharoitligidir.



Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin