Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu: Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə27/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

14Mavzu: Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari.
Reja:
1.Xotira va diqqat muammolari kognitiv psixologiyaning yadrosi sifatida.
2. Xotira tizimining umumiy tavsifi. Jarayonning avtomatlashgani va nazorat qilinishini farqlanishi.
3. Ikkilangan xotira nazariyasi. Axborotlarning darajaviy qayta ishlash nazariyasi.
4. Xotiraning ko’p jabxali modeli. Sensor registrlar, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning eksperimental tadqiqoti.
5. Semantik va epizodik xotira. Avtobiografik xotira tadqiqotlari.
6. Xotiraning sintetik modeli.
.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko’ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlaming har biri harakatlar va ulaming mahsuloti bo’lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o’rtasidagi farqlami aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Xotira turlarining mana shu to’rt xilining xususiyatlarini keltiramiz. Harakat xotirasi - bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko’nikmalarning shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Emotsional xotira - bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o’tmishda salbiy kechinmalami uyg’otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo’ladi. Obrazli xotira - bu tasawurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo’lgan xotira. U ko’rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zan eydetik xotira - ba’zi individlaming(eydetiklar) awal idrok qilingan jism va sahnalar o’ta to’laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo’lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo’lmagan izchil ko’rgazmalilik xususiyatiga ega bo’lishi bilan tasavvurlarga o’xshash bo’ladi. So’z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslashda ifodalanadi. So’z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo’ladi, ko’pchilik fikrlash operatsiyalari (o’qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So’z-mantiqiy xotirada muhim o’rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So’z-mantiqiy xotira - bu o’zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo’lgan motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo’lgan maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv jarayonida bilimlami o’zlashtirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Xotira faoliyat maqsadiga bog’liqligiga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo’linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo’lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. Shunday maqsad ko’zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so’z yuritiladi.
Axborot saqlashning vaqt bo’yicha belgilanganligiga bog’liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo’lish mumkin. Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo’lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlaming faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan. Uzoq muddatli xotira - materialni chegaralanmagan vaqt oralig’ida va axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo’lgan xotira turlaridan bin. Operativ xotira ~ ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo’ladigan, shu faoliyatga qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni saqlashga binoan xizmat ko’rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur bo’lgan xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o’z xossalariga ko’ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar o’rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ xotirada materialning saqlanish vaqti operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi. Anglanish darajasiga ko’ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo’linadi. Mantiqiy xotira — yod olinishi zarur bo’lgan materialdagi mantiqiy aloqalami o’matish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud bo’lgan tushunarli bo’lgan narsa oson eslab qolinadi, degan aqidada qayd etiladi. Mexanik xotira o’rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati shaklida namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilgan xotira turlari alohida o’zlari mavjud bo’la olmaydi. Fikr va tushuncha xotirasi so’z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo’ladi. Xulosa o’mida xotiraning psixologik mexanizmini keltiramiz.
Xotira turlarining faoliyati ba’zi umumiy saqlashning mnemotexnikaviy qonunlarga bo’ysunadi. Ulardan eng usullari muhimlarini ко’rib chiqamiz. Anglash qonuni: esda olib qolinishi zarur bo’lganlar qanchalik chuqur anglansa, ular xotirada shunchalik yaxshi saqlanib qoladi. Materialning mantiqiy tuzilmasini analiz, sintez, tizimlashtirish, umumlashtirish kabi tafakkur operatsiyalari ta’minlaydi. Xotirada matnni tashkil etuvchi so’z va gaplaming o’zi emas, balki ular ifodalaydigan ma’no saqlanib qoladi. Tayanch so’zlar, chizmalar, diagrammalar va jadvallami qo’llash foyda beradi. Mayl qonuni Inson o’z oldiga yaxshi va uzoq vaqtgacha esda olib qolish vazifasini qo’yganidagina yaxshi esda olib qolinadi. Agar ushbu mayl, operativ xotira holatidagi kabi ma’lum muddatga mo’ljallangan bo’lsa, u holda, aynan mana shu muddatga kelib xotira mexanizmi ishga tushadi. Maqsadning faoliyat bilan aloqasi qonuni. Faoliyat tarkibida uni amalga oshirish vositalami tashkil etganlardan ko’ra uning maqsadi o’mini egallagan narsa yaxshi esda olib qolinadi. SHuning uchun materialni eslab qolish samaradorligini oshirishda faoliyatining asosiy maqsadi bilan bog’lash lozim. Birlamchi taassurotni kuchaytirish qonuni: eslab qolinadigan materialdan qolgan birinchi taassurot qanchalik yorqinroq bo’lsa, uni esda olib qolish kuchliroq bo’ladi. Birlamchi taassurotni muvofiq ravishda va hissiyot jihatidan kuchaytirish mumkin. Muvofiq ravishda kuchaytirishda bir necha yo’nalishlarga 236 qaratish lozim: uni chizish, kuylash, yozish, talaffuz qilish va h.k. zarur. Emotsional kuchaytirishda axborotni jadal ijobiy hissiyotlar muhitida esda olib qolish kerak. Kontekst qonuni: axborotni bir vaqtdagi taassurotlar bilan solishtirishda axborot oson esda olib qolinadi. U yoki bu voqea sodir bo’layotgan konteks ba’zida esda olib qolish uchun voqeadan ko’ra muhimroq bo’ladi. O’xshash axborot xotiramizda yaqin o’rtada saqlanadi. Assotsiatsiyalar zarur axborotni esga tushirishga yordam beradi. Bilimlar hajmi qonuni: ma’lum mavzu bo’yicha bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, yangi bilimlar yaxshiroq esda olib qolinadi. Yod olishdan avval o’rganilayotgan muammo bo’yicha ma’lumotlami yodga tushirish foyda beradi. Chegara qonuni-. izchil idrok qilinadigan axborot birliklarining yetarlicha uzun qatorida lining boshlanishi va oxirida paydo bo’lganlar oson yodda qoladi, qator o’rtasidagilar qiyinroq esda qoladi. Yodda saqlanashi kerak bo’lgan qatorning qulay uzunligi qonuni-. berilayotgan axborot qatori uzunligi bo’yicha, qisqa muddatli xotira hajmidan qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik yomon esda olib qolinadi. Odam katta hajmli materialni esda olib qolishi kerak bo’lsa, unga bir vaqtda beriladigan rag’batlar qatori qisqa muddatli xotirasining o’rtacha hajmiga teng yoki undan ozgina ko’proq bo’lishi zarur: 7 + 2 (Miller qonuni). Tormozlanish qonuni: istalgan har bir keyingi yod olish avvalgisini to’xtadi. Hozirgina yod olingan materialni unutishning oson usuli - undan so’ng darhol shunga o’xshash materialni yod olishga urinib ko’rish hisoblanadi. SHuning uchun matematikadan so’ng fizikani, tarixdan so’ng adabiyotni o’qish kerak emas. Takrorlash qonuni: takrorlash yaxshi yod olish uchun yordam beradi. Takror axborotning operativ xotirada kodlashtirilishiga va uzoq muddatli xotiraga kiritilishiga yordam beradi. Agar biror narsani uzoq vaqtga esda olib qolish zarur bo’lsa, kamida to’rt marta qaytarilishi kerak: birinchi marta esda olib qolishdan so’ng darhol, ikkinchi marta - 20-30 daqiqadan so’ng, uchinchi marta - bir kundan so’ng, to’rtinchi marta - ikki-uch haftadan so’ng takrorlanishi kerak. Takrorlash faol bo’lishi zarur. Inson xotirasini yaxshilashning ko’plab usullari mavjud. Mnemotexnik usullaming mohiyati yod olinishi zarur bo’lgan materialni ma’lum taxlitda tuzishdan iborat. Mana shunday usullardan ba’zilari. Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog’liq bo’lgan she’r, qo’shiq, satrlarga o’tkazishdan iborat. Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his237 tuyg’ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi. Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish uyg’otishi kerak. Aloqalar metodi matnning tayanch so’zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat. Joylar metodi ko’rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo’lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo’lgan joy obrazi bilan biriashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan. Doimiy yo’nalish sifatida ish joyigacha bo’lgan yo’l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo’lgan jismlar ko’rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan yo’nalish bo’yicha joylashtiriladi. SHu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda olib qolinadi. Shunday qilib, xotira qonunlarini bilish, ispolzovanie mnemotexnikani qo’llash insonga esda olib qolish jarayonining oson va samaraliroq bo’lishiga yordam beradi
Xotira hodisalarining shaxsga bog’liqligi Z.Freyd tomonidan ko’rsatib o’tilgan edi. Uning fikriga ko’ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo’lganlar saqlanib qoladi. Bu bog’liqlik tajribada o’z tasdig’ini topmadi. Shu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o’rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlaming ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo’ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog’liq bo’lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi. XX asming boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo’lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog’lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog’liq holatda bo’ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo’lgan mazmuni ifodalanadi. Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o’rnida shuxs faoliyatim lining barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog’lovchi omil sifatida o’rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu kontseptsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o’miga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo’lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo’lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o’z tasdig’ini topdi. Bu aloqalaming xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalaming ko’zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasawurlar o’rtasidagi aloqalar, awalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi. Inson xotirasining faoliyat sifatida o’rganilishiga dastlab frantsiyalik olimlaming, xususan, P. Janening ishlari sabab bo’ldi. U birinchilardan bo’lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo’naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu kontseptsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So’ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A. A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo’lib XVII1-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya - G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Piltseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o’rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o’xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo’yicha barqaror bo’lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalaming murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko’plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf :* 4 etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo’lgan qismi unutiladi, olti kundan so’ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o’tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo’lgan muammolar bilan to’qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o’tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi. XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang’ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo’lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti - geshtalt namoyon bo’ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko’ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to’plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo’ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to’qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlaming o’zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o’z nihoyasiga yetdi. Ne Ьы1о naydeno udovletvoritelnogo otveta na vopros о genezise pamyati i u predstaviteley Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilaming xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilaming qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o’rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilaming materialni esda olib qolishdagi yordamning o’mini alohida ta’kidlab, o’rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o’rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog’liqligini chetlab o’tdilar.



Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin