Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu: Xotiraning rivojlanishi va buzilishi



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə28/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

15 Mavzu: Xotiraning rivojlanishi va buzilishi.
Reja:

  1. Xotira namoyon bo’lishining xar xil genetik shakllari.

  2. Xotiraning umumiy buzilishi (retrograd amneziya, anterograd amneziya, Korsakov sindromi).

  3. Miyaning lokal patologiyasi bilan bog’liq buzilishlar (agnoziyalar, afaziyalar, apraksiyalar, abaziyalar).

  4. Gipomneziyalar va gipermneziyalar. Paramneziya va kriptomneziya.

  5. Funksional, psixogen yoki affektiv amneziyalar.

  6. Xotirani o’quv faoliyatida rivojlantirish shart-sharoitlari va vazifalari.

  7. Xotirani kuchaytirish yo’llari. Operativ xotiraning faoliyatdagi o’rni.

  8. Mnemotexnika. Xotira buzilishlari va ularning klinik ahamiyati.

Hozirg' kunda xotirada individual xususiyatlari va uning farqlarning ikki asosiy guruhini ajratiladi, rivojlanishi birinchi guruhga yod olish samaradorligidagi farqlar, ikkinchisiga - xotira tiplari deb nomlanuvchilaming farqlari kiradi. Yodlashning mahsuldorligidagi farqlar yod olish tezligi, esda olib qolish aniqligi, shuningdek, materialni eslashga shaylikda ifodalanadi. Ma’lumki, ba’zi odamlar tez, boshqalari sekin eslab qoladilar, ba’zilarga buning uchun ancha vaqt kerak bo’ladi, boshqalari tezda esdan chiqarib yuboradilar,ba’zilar aniq eslaydilar, boshqalar ko’p xatoliklarga yo’l qo’yib eslaydilar, ba’zilar katta hajmli axborotni, boshqalar arang bir nechta satmi eslab qoladilar. Kuchli xotiraga. ega bo’lgan odamlar uchun tez esda olib qolish, uzoq vaqt yodda saqlash va axborotni aniq, to’laligicha eslash, zaif xotira egalariga - axborotni sekin esda olib qolish, noaniq eslash va tezda unutish xosdir. Kuchli xotiraga ega bo’lgan mashhur insonlardan, masalan, A.S. Pushkin, V.A. Motsart va boshqalami keltirish mumkin. Insonning materialni ko’rib, eshitib yoki harakatdan foydalanib esda olib qolishi xotira tipini belgilaydi. Ba’zi odamlar esda olib qolish uchun yod olinadiganlarni ko’rish orqali idrok qilishlari kerak. Bu odamlar xotiraning ко ’rish tipigd kiradilar. Boshqalaming esda olib qolishi uchun eshitish obrazlari zarur. Ushbu toifa odamlarga xotiraning eshitish tipi xosdir. bundan tashqari, esda olib qolish uchun harakatlarga, ayniqsa, nutq harakatlariga ehtiyoj sezadigan odamlar ham mavjud, Bu odamlarga xotiraning harakatli tipi xosdir. Lekin xotiraning sof tiplari kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarga xotiraning aralash tipi xosdir. Xotira tipi faqat asab tizimining tabiiy xususiyatlariga emas, balki, tarbiyaga ham bog’liq. Xotira tiplarini xotira turlaridan farqlash zarurligini ta’kidlab o’tish lozim. Xotira turi nimani eslab qolishimiz, tiplari esa qanday eslab qolishimiz bilan belgilanadi. Xotiraning birlamchi ifodalari sifatida go’dak hayotining birinchi oylarida onasini ko’rganida yig’idan to’xtashida kuzatiladigan shartli refleksni keltirish mumkin. Xotiraning yanada aniqroq ifodalanishini bola jismlami taniy boshlaganida kuzatiladi, bu ilk marotaba bola hayotining birinchi yarim yili oxirida sodir bo’ladi. Avval tanish ob’ektning tor doirasi bilan chegaralangan bo’ladi: bola onasini, atrofidagi boshqa odamlami, ko’proq foydalanadigan jismlami taniydi. Bu jismni idrok qilishda uzoq davomli tanaffus sodir bo’lmaganida amalga oshiriladi. Asta-sekin bola taniy oladigan jismlar doirasi kengaya boshlaydi. Yashirin davri ham uzayadi. Ikkinchi yilning oxirida bola bir necha hafta oldin 235 ko’rganlarini taniy oladi, usinchi yilning oxirida - bir necha oy avval idrok qilinganlami, to’rtinchi yilning oxirida esa - bir yil awalgilami taniy oladi. Awalambor, bolad taniy olish namoyon bo’ladi, eslash ancha kechroq kuzatiladi. Eslashning birinchi belgilari ikkinchi yilga kelib namoyon bo’ladi. Dastlab xotira ixtiyorsizlik xususiyatiga ega bo’ladi. Erta go’daklik va maktabgacha yoshda bolalar odatda o’z oldilariga biror narsani esda olib qolish vazifasini qo’ymaydilar. Ixtiyoriy xotiraning rivojlanishi maktabgacha yoshidagi bolalarda o’yinlarda va tarbiya jarayonida sodir bo’ladi. Xotiraning jadal rivojlanishi maktab yillarida kuzatiladi. Bu o’qitish jarayoni bilan bog’liq. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni, awalambor, ixtiyoriy xotiraning rivojlanishini oldindan belgilab beradi. Xotiraning rivojlanish jarayoni o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. Buning uchun xotirani tarbiyalashning yaxlit tizimi mavjudligi zarurdir. Xotira ijobiy xossalarining tarbiyalanishiga inson aqliy va amaliy faoliyatining mosligi: ish o’midagi tartib, rejalashtirish, o’zini nazorat qilish, esda olib qolishning usullarini qo’llash, aqliy faoliyatni amaliy faoliyat bilan birlashtirish, o’z faoliyatiga tanqidiy nazar solishi, ishning samarasiz usullaridan voz kechish va boshqalardan samarali usullami o’rganish malakasi yordam beradi.
Xotira – informasiyalarni eslab qolish va tо‗plash (fiksasiya), ushlab qolish (retensiay) va qayta tiklash jarayoni. Dismneziyalar ajratiladi: gipermneziay, gipomneziay, amneziya, siqib chiqarish kо‗rinishi; va paramneziya: konfabulyasiyalar, psevdoreminissensiaylar, kriptomneziay lar, exomneziyalar, palimpsestlar. Diqqat – ob‘ektga va faolliyatga yо‗nalganlik va tо‗planganlik darajasi. Diqqat patologiya siga turg‗un emasligi, sekinlashgan о‗zgarish, konsentrasiyaning etarli emasligi, diqqatning defisiti kiradi. Tarixi, norma va evolyusiyasi. Xotira faolliyatining jarayoni о‗rganish va qayta о‗rganish xususiyatlari bilan bog‗liq. U yangi informasiyalarni qabul qilish, ularni yig‗ish, saqlab qolish va yangilashdan iborat. Xotiraning bu xususiyatlari butun tirik va tirik bо‗lmagan tabiat uchun xarakterlidir. Xotira bu m olamida madani tda informasiya tashuvchilarda, jumladan kitob va kompyuterda akkumulirlangan. Xotiraning о‗lchov birligi bо‗lib, bir bit (8 bit = 1 bayt) qabul qilingan, u 2 turdagi informasiyani qabul qilishi mumkin: ―xa‖ (1) va ―yо‗q‖ (0). XXI asrning boshlaridagi shaxsiy kompyuterlar 20 Gbayt ga teng informasiyani qabul qiladilar. Xotiraning biologik ma‘nosi bо‗yicha qisqa muddatli va uzoq muddatliga bо‗linadi. Uzoq muddatli xotira DNK strukturasida qayd etiladi, qisqa muddatli esa – RNK strukturasida. Xotiraning mi viy tashkiloti Papes aylanasi bilan bog‗liq. Papes aylanasiga retikulyar formasiya, mindalin va septuma qobiq, gippokamp, gipotalamus va talamus orasidagi qayta aloqa kiradi. Taalluqli ravishda, diqqat-e‘tiborning buzilishi asosan retikulyar formasiya bilan, xotiraning buzilishi – qobiq, gippokamp bilan bog‗liq. Morfologik substrat sifatidagi neyronal ―iz‖ akson-aksonli aloqa bilan taqdim etilgan, shu jumladan neyron tanalari orasidagi bog‗liqlik bilan, ularning soni о‗rganish natijasida olib boradi. Neyromorfologik va neyrofunksiyaonal kо‗rinishning izni engramma deyiladi, u bir lahzada aks ettirishning (imprintinga) ekstremal natijasida hosil bо‗lishi mumkin. Bu kо‗rinish K.Lorenz tomonidan birinchi bо‗lib ochilgan, uning ta‘kidlashicha, endigina tug‗ilgan g‗oz bolasi birinchi kо‗ringan obrazni otaonasidek qabul qiladi. Sut emizuvchilarda esa bolani qadrdondek tez qabul qilish oksitosinga xos bо‗lib, u tug‗ishning oxirgi bosqichida matkaning qisilishi natijasida ishlab chiqiladi. Senson xotira ajratiladi, u vizual taktil, olfaktor va audial obrazlarni eslab qolish bilan bog‗liq. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga translyasiya qilinadi, unga qaytarish jarayonlari, eslab qolishning emosional e‘tibori, shu jumladan boshqa kо‗rinishlar orasidagi eslab qolingan pozisiyalar yordam beradi. 48 Tadqiqot uslublari. Xotira va diqqat-e‘tiborni о‗rganish uslublariga 10 ta sо‗zni eslab qolish, Shulte jadvali bо‗yicha diqqat-e‘tiborni baholash, korrektur sinov va E.Kraepelin bо‗yicha hisob, Nyunsberger uslubi, shu jumladan pektografik uslub kiradi. Simptom va sindromlar. Xotiraning buzilishida xotiraning miqdoriy buzilishi yoki dismneziya va sifatli – paramneziya ajratiladi. Dismneziya Gipermneziya о‗tib ketgan xotiralarni ixtiyorsiz ravishda oqib kelishi eslab qolishning yuqori xususiyati, informasiyani uzoq vaqt saqlab qolinishi va buni tiklash bilan xarakterlanadi. Gipermneziya ba‘zi bir paroksizmal buzilishlar, psixofaol vositalar bilan intoksikasiya, gipomaniya uchun xarakterli. Monosimptom singari ular psixik sog‗lom shaxslarda ham, chunonchi, bunday gipermneziya S.Rixterda bо‗lgan, u bir necha yillardan sо‗ng chiqishlar olib borilgan mashina qanday kо‗rinishda bо‗lgan, chiqishlarda partiturani varaqlab turgan bolaning qо‗llari qanday bо‗lganligini yodda tutgan. Gipomneziya – eslab qolishning saqlab qolish va tiklashning qiyinlashuvi bilan xotiraning kuchsizlanishi. Astenik holatlar, depressiya, organik buzilishlar uchun xarakterli. Amneziya – xotira fragmentlarining tushib qolishi. Emosional e‘tiborli travmatik xodisalarni xarakterlovchi dissosiativ amneziya ajratiladi, u ongsiz ravishda travmatik voqealar haqida eslashning haqiqiy xotira xususiyati singari ekstremal siqib chiqarish holati sifatida namoyon bо‗ladi. Eslashning tiklanishi bu holatda psixoanalitik jarayonda yoki gipnozda yuz beradi. Retrogradli amneziya – xodisalarga, ilgari bо‗lgan travmalarga, kо‗proq miya-chanoqda xotiraning tushib qolishi. Anterogradli amneziya – ilgari stressdan keyin yoki miya-chanoq travmalaridan keyingi xodisalarning xotiradan tushib qolishi. Anteroretrogradli amneziya – travma vaqtida va tramadan sо‗ng bо‗lib о‗tgan xodisalarning xotiradan tushib qolishi. Fiksasion amneziya – hozirgi vaqtdagi xodisalarni esdan chiqarish. Progressirlovchi amneziya hozirgidan avvalgiga xotira buzilishining ketmaketligini xarakterlaydi, bunda hozirgi vaqtdagi yoki yaqin о‗tmishdagi xodisalarga nisbatan uzoq о‗tmish xodisalari yaxshiroq eslanadi. Hozirgidan о‗tmishga xotirani yо‗qotish qonuni Ribo qonuni bilan belgilanadi. Shunday qilib, bosh miyaning, shu jumladan Alsgeymer kasalligi va qon-tomir demensiyasida kо‗pgina organik atrofik buzilishlarda xotiraning buzilishi yuzaga keladi. Xotira izlarini tiklashning buzilishi nutqning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu holatlarda Bemor predmetni ayta olmasligi mumkin, chunki u uning nomini nima uchun kerakligini eslay olmasligi mumkin (amnestik afaziya). “Aytingchi bu nima?” Kalit kо„rsatiladi. “Bu... bilmayman, nimagadir eslay olmayapman”. “Bu bilan nima qilinadi?” “Bunday qilinadi (qо„li bilan buraydi) - yopishadi yoki ochishadi”. “Bunisi nima?” Soat kо„rsatiladi. “Bu... bilmayman. Unga qarab vaqtni bilishadi shekilli”. “Bu nima?” Ruchka kо„rsatiladi. “Bu qandaydlir pribor”. (Alsgeymer kasalligi bor bemor bilan vrach suhbatidan parcha). Bundan tashqari, xotiraning tiklanishining buzilishi predmetni tanimasligi natijasida (sensorafaziya) yoki mо‗ljallangan (maqsad) predmet yoki kо‗rinishlarni tanishning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Sensor va amnestik afaziyalar miyaning lokal о‗choqli organik shikastlanishida xarakterli, semantik esa – shizofreniya uchun. Biroq, odatiy hayotda psixopatologik fenomen analoglari mavjud, masalan, biz shunday predmetlardan foydalanishimiz, uni tuzuvchilar mо‗ljallagan maqsadlaridan tashqari boshqa maqsadlarda ham foydalanishimiz mumkin. Paramneziyalar Paramneziyalar – eslashning buzilgan kо‗rinishini sifatli jarayoni. Quyidagilar paramneziyalarga kiradi: Konfabulyasiyalar – xotiradan tushib qolgan uchastkalarni fantaziya yoki fantastik vasvasa tuzilmalar bilan almashtirish (konfabul tor vasvasa). Bu holatlarda Bemor ilgari qilgan qahramonliklari, tuqlari, boyliklari yoki jino tlari haqida gapirib beradi. Psevdoreminissensiyalar – Bemor bilan real ravishda yuz bergan, ilgarigi boshqa uchastka fragmentlari bilan xotiraning buzilgan uchastkalarini almashtirish. Kо‗rsatilgan eslash sanada chalkashlikni slatadi. Fiksasion amneziyani, anteroretrograd amneziya konfabulyasilar va psevdoremnissensiyalar bilan hamohangligi travmatik etiologiyaning amnestik sindromi (Korsakov sindromi) uchun tipikdir. Kriptomneziyalar – buzilgan xotira uchastkalarini boshqalardan, adabiyotlardan, televizordan va boshqalardan olingan ma‘lumotlar bilan almashtirish. Ba‘zida bunday kо‗rinishlar ihtiyorsiz plagiat deb ataladi. Organik buzilishlar uchun xarakterli. Exomneziyalar – hozir yuz berayotganni ilgari boshlangandek his etish, hozirgi vaqtda davom etib, davom etadi yoki kelajakda tugaydi. Odatda bunday holatlarga yuqori qiymatli e‘tibor beriladi. Organik buzilishlar va shizofreniya, jumladan, ilgarigi vasvasa interpretasi si uchun xarakterli. 50 Palimpsestlar – kо‗rsatilgan simptomni ikki xil tasvirlash mavjud. Ulardan biri alkogolli mastlikda qisqa muddatli xotiraning tushib qolishi deb nomlanadi. Boshqasi palimpsest aniqlik bir vaqtda ikkita bir xil eslashni tiklanishi, bunda bir vaqtning о‗ziga tо‗g‗ri kelib, Bemor ikkilanadi, ulardan qaysi biri ahamiyatli va real. Psixofaol vositalar bilan intoksikasiya larda ongli ravishda buzilishlarda qayd etiladi. Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq. Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.

Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin