Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə42/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Umumiy psixologiya UMK

3.Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari.
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunla-ri asosida sodir bo‘lishi mumkin. CHunki uni yuzaga keltiruvchi sti-mullar birinchi signallartipidagi qo‘zg‘atuvchilardan iboratdir (ma-salan: «Marsh», «Salom»).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarningsignali» (I.P.Pavlov) tarzdagi so‘zlardan foydalanishi mum-kin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po‘stida amal-ga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kashf etgan va «so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz» deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida «so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutqvositasi bilan fikr bayon qilishning ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin).
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz — u programmalashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o‘tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.
Esda olib qolishni so‘zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo‘llashni ta’minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o‘tish mexanizmi.
Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
So‘zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexa-nizmlar.
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to‘ldirishiga o‘tish mexanizmlari.

  1. Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm.

Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:


1)dinamik afaziya — gaplar yordami bilan so‘zlash qobiliyatining buzilishi;
2)efferent motor afaziyasi — gapning grammatik tuzilishi buzilishi;
3) afferent motor afaziyasi - nutq artikulyasiyasining buzilishi;
4) semantik afaziya - gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikning buzilishi;
5) sensor afaziya - so‘zlarni idrok qilishning buzilishi.

Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin